TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #712 1.95K
Ipotekabank’da ehtimoliy yirik data breach: 120GB+ ma’lumotlar sizib chiqqan bo‘lishi mumkin 🟢

🟢🟢🟢🟢🟢 Yopiq kiberforumlarda O‘zbekistondagi Ipotekabank infratuzilmasiga noqonuniy kirish amalga oshirilgani haqida jiddiy da’vo paydo bo‘ldi.


💻 Ushbu hujum ortida mashhur ShinyHunters guruhi turgan bo'lishi mumkin.

Hujum tafsilotlari ayniqsa xavotirli:

👺 Dastlab tizimga kirish Log4Shell (RCE) zaifligi orqali amalga oshirilgan. Shundan so‘ng haker ichki tarmoqda Active Directory orqali harakatlanib, deyarli “ko‘rinmas” rejimda uzoq vaqt davomida faoliyat yuritgan.


💬 Eng qizig‘i - unga hatto Domain Admin huquqlari ham kerak bo‘lmagan.

⚠️ Sizib chiqqani aytilayotgan ma’lumotlar:
• Ichki hujjatlar va korporativ yozishmalar
• Moliyaviy va xarid operatsiyalari
• IT infratuzilma va qurilmalar haqidagi ma’lumotlar
• Kontraktlar va supply chain tizimi
• Bank kartalariga oid ayrim sezgir ma’lumotlar (raqam, CVV, amal muddati)

📊 Texnik breakdown:
• Hajm: 120GB+
• Initial access: Log4Shell exploit
• Lateral movement: Active Directory orqali
• Persistence: noto‘g‘ri sozlangan permissions sabab aniqlanmagan
• Status: Ma’lumotlar sotuvga qo‘yilishi mumkin

🚫 Hakerning o‘zi tizim ichida oddiy user sifatida “arvohdek” harakat qilganini va aynan noto‘g‘ri sozlangan ruxsatlar tufayli uzoq vaqt davomida fosh bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

❗️Hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy tasdiq yo‘q.


🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • 😱 12
  • 👀 7
  • ❤ 5
  • 🤔 2
  • 😎 2
  • 🤯 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →