TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #711 1.61K
Hakerlar ilk bor barcha Denuvo himoyasidagi o‘yinlarni buzishga muvaffaq bo‘lishdi 👾

🦠 Yaqin vaqtgacha bu imkonsiz deb o‘ylangan edi. Lekin endi Denuvo himoyasiga ega hamma o‘yinlar buzilgan.

🔒 So‘nggi “taslim etilgan” loyihalar qatoriga Dragon’s Dogma 2, Marvel’s Midnight Suns, Assassin’s Creed Valhalla, Far Cry 5, shuningdek EA’ning sport o‘yinlari - Madden NFL 24, Madden NFL 25, EA Sports FC 24 va EA Sports FC 25 ham kiradi.


👺 Hakerlar o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki “yashirin virtual tizim” ichida ishga tushiradi. Shu orqali Denuvo Anti-Tamper’ni aldashadi. Ya’ni Denuvo “hammasi joyida” deb o‘ylaydi, lekin aslida himoya ishlamadi.

💻 Shu bilan birga, bunday yondashuv xavfli hisoblanadi. Chunki u tizimning ayrim himoya funksiyalarini (masalan, Secure Boot) o‘chirishni va tekshirilmagan kodni eng past darajada ishga tushirishni talab qiladi. Bu esa tizimga to‘liq kirish huquqini beradi.

♋️ Qiziqarli tomoni shundaki, bunday ommaviy buzilishlar fonida ko‘plab o‘yin chiqaruvchi kompaniyalar asta-sekin Denuvo’dan voz kechishni boshlashdi. Masalan, yaqinlashib kelayotgan Star Wars: Galactic Racer o‘yini Steam sahifasidan Denuvo haqidagi eslatma kutilmaganda yo‘qoldi - o‘yinchilar esa bu tasodif emasligiga ishonmoqda.


♥️ Umuman olganda, Denuvo foydalanuvchilar orasida yaxshi obro‘ga ega emas. Sababi - u o‘yinlarda ishlash tezligining pasayishiga (FPS tushishi, lag va “stutter”lar), protsessorga ortiqcha yuklama berilishiga va SSD’ning tezroq eskirishiga sabab bo‘lishi mumkin degan shubhalar mavjud. Garchi ishlab chiquvchilar buni rad etsa ham, testlar ayniqsa kuchsiz kompyuterlarda muammolar borligini ko‘rsatmoqda.

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 👍 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →