🤠 RansomHub guruhi tarkibidagi kiberjinoyatchilar Apple va boshqa texnologik kompaniyalarning yirik xitoylik yetkazib beruvchisi bo‘lgan Luxshare’ni buzib kirishdi.
💬 Ma’lumotlar sizib chiqishi oqibatida 1 TB hajmdagi ma’lumotlar o‘g‘irlandi. Ular orasida CAD-renderlar, muhandislik loyihalari, qurilmalarni ta’mirlashga oid ma’lumotlar hamda logistika ma’lumotlari mavjud. Hujjatlar 2019–2025 yillarga tegishli bo‘lib, ular Apple’ning kelajakdagi mahsulotlari bo‘yicha rejalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
💬 RansomHub o‘tgan oy hujum haqida e’lon qilgan, biroq Luxshare ma’lumotlar sizib chiqishini tasdiqlamadi va hakerlar bilan bog‘lanishga ham urinmadi. Bu holat voqeani yashirishga urinish bo‘lishi mumkin degan shubhalarni keltirib chiqardi.
🔒 Agar sizib chiqish haqiqatan ham yuz bergan bo‘lsa, bu Luxshare’ning hamkorlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Hakerlar ma’lumotlarni raqobatchilarga sotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Raqobatchilar esa reverse engineering (teskari muhandislik) orqali ishlab chiqish uchun ketadigan yillarni qisqartirib, soxta mahsulotlar yaratishlari mumkin.
🖥 Saytda o’qish uchun ◀️
RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegramu
