TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #663 2.27K
Instagram bo‘yicha 17 millionlik “ma’lumot tarqalishi”

Kuni kecha vada berganimizdek, kuzatuv va o‘rganishlarimizdan kelib chiqib sizlarga tahlilimizni taqdim etmoqchimiz. Qani kettik.

😈 2026-yil boshida DarkNet’da Instagram’ga oid katta hajmdagi ma’lumotlar - taxminan 17,5 million akkauntga tegishli email, telefon raqami va boshqa kontaktlar paydo bo‘ldi. Eng muhim jihati: bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Instagram serverlarining buzilishi emas, balki katta miqdorda ochiq ma’lumotlarni avtomatik yig‘ib olish orqali olingan baza. Parollar yo‘q, ammo ma’lumotlarning o‘zi ham xavf tug‘diradi.

💩 Meta rasmiy ravishda hech qanday server buzilmaganini, “parolni tiklash” xatlarining esa texnik xatolik yoki tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Shunga qaramay, DarkNet’da tarqatilgan ma’lumotlar fishing, ijtimoiy muhandislik va SIM-swap kabi hujumlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.


🔒 Foydalanuvchilarga asosiy tavsiyalarimiz o‘zgarmaydi: ikki faktorli himoyani yoqish, tasodifiy “parolni tiklash” xatlariga kirmaslik, shubhali havolalarni ochmaslik va bir xil paroldan bir nechta servisda foydalanmaslik.

↔️ Hodisa vahimaga sabab emas, ammo ehtiyot choralarini kuchaytirishingiz zarur.


Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • 🔥 7
  • 👏 6
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
  • 👍 2
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →