🎃 2025-yil dekabr boshida sodir bo‘lgan kibero‘g‘irlik hodisasi ortidan katta raqamlar ochiqlandi: Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq foydalanuvchining qariyb 7 milliard so‘mlik mablag‘i o‘g‘irlangan.
↔️ Hodisa oshkor bo‘lgach, Humans va Paylov bir-birini ayblab, keskin bayonotlar bergandi.
🏦 Shu orada Markaziy bank Paylov to‘lov tashkilotida o‘tkazgan tekshiruvni yakunladi. Tekshiruv natijalari ichki ishlar organlariga taqdim etilgan - endi voqeaning haqiqiy sabablari va aybdorlari huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlanadi.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
