📱 Xavfli kiberjinoyatchilar yangi Android dropperlar orqali foydalanuvchilarning SMS xabarlarini o‘g‘irlashga kirishdi.
🦠 Dropperlar dastlab oddiy ilova ko‘rinishida bo‘lib, o‘rnatilgach, ichidagi zararli komponent ishga tushadi va:
• OTP (bir martalik parol) va SMS xabarlarni o‘g‘irlaydi
• Kontaktlar va qurilma ma’lumotlarini oladi
• Bank operatsiyalariga aralashish imkoniyatini yaratadi
🦠“Wonderland” dasturi bir nechta dropperlar bilan tarqatilmoqda: MidnightDat va RoundRift. Jinoyatchilar Telegram va soxta Google Play ilovalari orqali foydalanuvchilarga yuboradi.
💡 Xavfsizlik tavsiyalari:
1. Faqat rasmiy Google Play’dan ilovalarni o‘rnating
2. Shubhali SMS yoki Telegram havolalarni ochmang
3. Telefoningizda antivirus va himoya dasturlarini ishlating
🇺🇿 Hozirda O‘zbekiston hududi yuqori xavf ostida!
‼️Xiaomi, Samsung, Oppo, Vivo, Realme, Huawei, Honor, OnePlus, Tecno va shunga o‘xshash Android tizimida ishlaydigan qurilmalarni ishlatadigan tanishlaringizga ushbu xabarni yuborib qo‘ying!
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
