🎃 Bu yil kiberhujumlar natijasida $3,4 milliardga yaqin kriptovalyuta o'g'irlangani ma'lum bo'ldi - bu raqam jahon kripto-bozori uchun katta zarba hisoblanadi.
📌 5 ta asosiy raqam:
$3,4 mlrd - 2025 yilda hakerlar tomonidan o'g'irlangan kriptovalyuta jami shunchani tashkil etdi.
$2,02 mlrd - shu mablag'ning katta qismi Shimoliy Koreya bilan bog'liq guruhlar tomonidan o'g'irlangan.
$1,4 mlrd - Bybit birjasiga bo'lgan yirik hujumdan yuzaga kelgan yo'qotishlar.
~70% - umumiy yo'qotishlar uchta katta hujum hisobiga to'g'ri keladi.
158 000+ - shaxsiy kripto-akkauntlari buzilgan.
🔎 Chainalysis ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan mablag‘larning katta qismi markazlashgan servislar hisobiga to‘g‘ri keladi, u yerda hakerlar shaxsiy kalitlarga kira olishgan. Birinchi chorakda bunday holatlar barcha yo‘qotishlarning 88% ini tashkil qilgan.
💬 Hisobotda aytilishicha, o‘g‘irlangan mablag‘larni yuvish eng ko‘p xitoy tilidagi OТТ-servislar, ko‘priklar va mikserlar orqali amalga oshirilgan. Katta o‘g‘irlikdan so‘ng mablag‘larni naqdlashtirishning o‘rtacha muddati taxminan 45 kunni tashkil etgan.
↔️ Ilgari hakerlar odatda kichik mablag'lar bilan cheklanardi, lekin 2025 yilda ular katta ko'lamli hujumlar orqali milliardlab dollarlarni torta olmoqda.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
