TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.37K subscribers
Post #648 1.36K
Steam foydalanuvchilariga phishing hujumlari 🎮

👺 F6 kompaniyasi xavfsizlik mutaxassislari tomonidan feyk Steam va Twitch saytlari orqali Steam akkauntlarini o‘g‘irlash bo‘yicha yirik hujumlar aniqlangan. Bu firibgarliklar 20 dan ortiq fishing saytlar orqali tarqatilmoqda, u yerda foydalanuvchilarga $5–$50 miqdorida Steam sovg‘a kartalari yoki bepul sskinlar va’da qilinmoqda. Saytlar juda “real” ko‘rinadi, lekin aslida ular login ma’lumotlaringizni hakerlarga yuboradi.

🔗 Bu linklar YouTube, TikTok va boshqa platformalarda videolar ostida yoki profil bio’da berilgan bo‘lib, ularni bosganingizda, soxta Steam sahifasiga yo‘naltirilasiz. Ko‘pincha manzil satrida ikkita domen bo‘ladi - biri ekranda ko‘rinadi, ikkinchisi esa haqiqatan ham firibgarlar sayti bo‘ladi.


🥷 Shu bilan birga, firibgarlar feyk Twitch Drops kampaniyalarini ham ishlatadi - real tomoshabinlar sarlavhasi ostida Twitch orqali havolalar yuboriladi va ular yordamida Steam loginlari tortib olinadi.

🛡 Xavfsizlik bo‘yicha maslahatlarimiz:

• Hamma linklar manzil satrini tekshiring - har doim faqat steamcommunity.com yoki store.steampowered.com kabi rasmiy va ishonchli domenlarga kiring.
• Hech qachon login va parolingizni noma’lum saytlarga kiritmang.
• 2-faktorli autentifikatsiyani yoqing - bu sizning akkauntingizni qo‘shimcha himoya qiladi.

Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 😁 2
  • ⚡ 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →