Va eng qiziq joyi: tranzaksiyada PL Humans P2P H2H deb chiqmoqda…
💳 So‘nggi ikki kun ichida butun mamlakat bo‘ylab bir xil shikoyatlar tarqaldi: odamlarning kartalaridan pul egasining ishtirokisiz yechilyapti.
Eng “mehribon” oluvchi esa - PL Humans P2P H2H. Ha, nomi juda insoniy, amali esa undan yiroq.
💬 Nima bo‘lyapti?
• Pul avtomatik yechilyapti - SMS ham yo‘q, tasdiq ham yo‘q.
• Ba’zi ilovalarda tranzaksiya hatto tarixda ham ko‘rinmayapti. Sehr-jodu emasmikan?
• Ko‘plab jabrlanganlar: “Hech qanday APK o‘rnatmaganman, kartani ham hech qayerda kiritmaganman” - deyishmoqda.
• P2P/P2P H2H formatidagi o‘tkazmalar odatda odamdan odamga pul o‘tkazish degani — ya’ni izni topish yanada qiyin.
🎃 Mumkin bo’lgan sabablar
• karta ma’lumotlari yoki sessiya o‘g‘irlangan;
• ilova ichidagi tokenlar buzilgan;
• karta ulangan biror xizmatda muammo paydo bo‘lgan bo’lish mumkin;
• firibgarlar SMS tasdiqlaridan aylanib o‘tadigan P2P sxemadan foydalanmoqda.
💡Nima qilish kerak (hozirning o‘zida)
• Kartani darhol bloklash (Agar siz shubhali tranzaksiyani yoki sizning ishtirokingizsiz pul yechib olishni aniqlasangiz)
• Barcha servislar, obunalar va avtomatik to'lovlarni tekshirish
• Bank ilovasida parollarni almashtirib, barcha sessiyalarni yopish
• Telefonda shubhali APK bor-yo‘qligini tekshirish
🏦 Markaziy Bank ham o’z munosabatini bildirdi va tekshiruv natijalari bo’yicha qo’shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
Infosec Blog jamoasi vaziyatni kuzatishda davom etadi.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram

