🇰🇷 Janubiy Koreyada to‘rtta shaxs xususiy uylar va ofislardagi 120 mingdan ziyod kuzatuv kameralarini buzib kirganlikda, hamda ularning yozuvlaridan xorijiy sayt uchun 18+ xarakterdagi kontent yaratishda foydalanishda gumonlanib qo‘lga olindi.
👮♀️Politsiya kuni kecha hibslar haqidagi xabarni e’lon qilib, ayblanuvchilar uy kameralaridagi zaifliklardan foydalanganini - masalan, ularga ko‘pincha oddiy parollar qo‘yilishini ta’kidladi.
📱 Uy kuzatuv kameralarining narxi CCTV tizimlariga qaraganda arzonroq. Ular uy internet tarmog‘iga ulanadi va odatda uy xavfsizligi, bolalar yoki uy hayvonlarini kuzatish maqsadida o‘rnatiladi.
🔒OMI ma’lumotlariga ko‘ra, hakerlar xususiy uylar, karaoke xonalari, pilates (qomatni to‘g‘rilash) studiyalari va ginekologiya klinikasidagi kameralar yozuvlariga ham kirishga muvaffaq bo‘lgan.
🚨 Janubiy Koreya Milliy Politsiya Agentligi bayonotiga ko‘ra, to‘rt gumonlanuvchi har biri alohida harakat qilgan va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan.
🌐 Gumonlanuvchilardan biri 63 ming kamerani buzib kirganlikda hamda 545 ta videorolik yaratib, ularni 35 million von (23 862 dollar) evaziga sotganlikda ayblanmoqda.
🔞Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yana bir shaxs 70 ming kamerani buzib kirgan va 648 ta videorolikni 18 million von (12 272 dollar)ga sotgan.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
