🇺🇿 O‘zbekiston va Palo Alto Networks o‘rtasida sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni raqamli infratuzilmaga integratsiya qilish, tahdidlarni kuzatish va aniqlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
🇺🇸 AQShga amalga oshirilgan tashrif doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda investitsiyalar vaziri Laziz Kudratov kompaniyaning davlatlar bilan hamkorlik va jamoat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Daniel Kroze bilan uchrashdi. Suhbat davomida tomonlar kiberxavfsizlik sohasidagi salohiyatni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
🖥 Uchrashuvda ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli barqarorlik va tezkor javob berish tizimlarini joriy etish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlash, tajriba almashish va maslahatlar tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
🤖 Alohida urg‘u sun’iy intellektga asoslangan kuzatuv tizimlari, tahdidlarni aniqlash algoritmlari va shifrlash texnologiyalarini O‘zbekiston raqamli infratuzilmasiga joriy etish rejasiga berildi.
🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Uning doirasida kiberxavfsizlik dasturlari ishga tushiriladi, mutaxassislar tayyorlanadi va innovatsion yechimlar majmuasi yaratiladi.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
