TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.36K subscribers
Post #616 2.01K
Hakerlar Cisco qurilmalarini buzib, AQSh hukumatining IT-infratuzilmasiga kirib oldi 🇺🇸

📰 Bloomberg nashrining ta'kidlashicha "Hakerlar Amerika hukumat organlarida o'rnatilgan Cisco tarmoq uskunalarini buzishga muvaffaq bo'lishdi". 26-sentyabr kuni kiberhujum barcha federal idoralarga ta'sir ko'rsatdi.

🔒 AQSh Kiberxavfsizlik va IT-infratuzilma agentligi (CISA) kiberxavfsizlik bo'limi direktori ijrochi yordamchisining muovini Kris Butera ning aytishicha, hujum davomida federal idoralarning muhim IT-infratuzilmasi zarar ko'rgan, biroq qaysi tizimlar aniq shikastlangani aytilmagan. "Kiberxavf keng qamrovli tus olgan", — deya ta'kidladi u.

🛡 25-sentyabr kuni CISA barcha fuqarolik davlat xizmatchilariga zararlangan qurilmalarni aniqlash, ma'lumotlarni yig'ish va agentlikning IT-vositalari yordamida kiberxavflarni baholashni majburiy qiluvchi ko'rsatma chiqardi. Shuningdek, CISA federal idoralardan IT-zaifliklarni bartaraf etishni va Cisco kompaniyasining yuzlab "xavfsizlik devori" qurilmalarida yuz berishi mumkin bo'lgan buzilishlarni aniqlashni talab qildi.

🇺🇸 Cisco — yirik Amerika transmilliy kompaniyasi bo'lib, u asosan yirik tashkilotlar va telekommunikatsiya korxonalari uchun mo'ljallangan tarmoq uskunalarini ishlab chiqaradi va sotadi. 2025-yilda Cisco besh asosiy texnologik yo'nalishda IT-mahsulot va xizmatlarni taqdim etmoqda: tarmoq texnologiyalari, xavfsizlik, hamkorlik, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari va internet mahsulotlari (IoT).

Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 👀 3
  • 🔥 2
  • 😱 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →