TGViewer
Redbyte Redbyte @redbyteuz · 2.36K subscribers
Post #615 1.62K
Hakerlar Qozog'iston va Rossiya kompaniyalariga hujum qilishdi ❗️

🦠 "Hive0117" tomonidan yuborilgan yangi zararli xatlar to'lqini aniqlangani haqida kiberxavfsizlik markazi F6 — kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha Rossiya kompaniyasi mutaxassislari xabar berdi. F6 ma'lumotiga ko'ra, hujum nishoniga Rossiya va Qozog'istondagi 51 ta kompaniya tushgan (asosan Rossiya kompaniyalari, Qozog'istonnikilar soni aniq emas). Zararli dasturlar orqali yuborilgan xatlar banklarga, marketpleyslarga, telekom-operatorlarga va boshqa ko'plab sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga, jumladan logistika, qurilish, sug'urta va farmatsevtikaga yuborilgan.

🦺 Hive0117 — bu moliyaviy manfaatdor kiberjinoyatchilar guruhi bo'lib, ular 2022-yil fevralidan buyon DarkWatchman zararli dasturi yordamida hujum qilib kelmoqda. Xatlar ommaviy ravishda tarqatiladi va jinoyatchilar o'zlarini haqiqiy tashkilot sifatida ko'rsatib, xatlar yuborish va boshqaruv domenlari uchun maxsus infratuzilma ro'yxatdan o'tkazib, ko'pincha domenlardan qayta foydalanishadi.


🔒 Yangi faollik 24-sentyabr kuni qayd etildi. Zararli dasturlar Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati nomidan - xat ko'rinishida tarqatilgan. Shu kabi "to'lqinlar" iyun-iyul oylarida ham kuzatilgan. F6 ma'lumotiga ko'ra, "barcha hujumlar bartaraf etilgan".

Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
  • 🔥 9
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🤔 1
  • 😢 1
More from @redbyteuz
  1. Jun 6, 2026Rossiyadagi har 5 ta kompaniyadan bittasi allaqachon buzilgan. Eng xavflisi - ular buni bi…
  2. Jun 1, 2026Barak Obamaning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti hakerlar tomonidan buzildi 💻 🇺🇸 AQShning s…
  3. Jun 1, 2026Haftaning eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari 🔒 💬 So‘nggi hafta davomida kiberxavfsiz…
  4. May 28, 2026Bugun sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘ylaganingizdan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin 💸 �…
  5. May 25, 2026Hakerlar Bitcoin bilan bog‘liq Echo protokolidan $76,7 million o‘g‘irlashdi 💰 🟩 Markazla…
  6. May 22, 2026CISA’dan yirik sizib chiqish: maxfiy ma’lumotlar GitHub’da topildi 🐱 🔒 AQShning yetakchi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →