Gucci va Balenciaga mijozlari ma'lumotlari hakerlar qo'liga tushdi 🔒
💬 Bloomberg nashrining yozishicha "Gucci", "Yves Saint Laurent" va "Balenciaga" brendlariga egalik qiluvchi Kering kompaniyasi iyun oyida hakerlarning keng ko'lamli hujumiga uchrab, ma'lumotlar o'g'irlangani aniqlandi.
⚔️ Hujum natijasida millionlab mijozlarning ismi, elektron va oddiy manzillari, telefon raqamlari va xarid summalari oshkor bo'ldi.
💸 Moliyaviy ma'lumotlar — bank kartalari va hisoblari esa xavfsiz qolgan bo'lsa ham, kompaniya hukumat organlari va mijozlarni xabardor qildi.
💻 Mutaxassislar bu hujum ortida "ShinyHunters" hakerlar guruhi bo'lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
YouTube | Instagram | Telegram
Post #614
1.66K

- 🍾 9
- 😁 5
- ⚡ 4
- ❤ 1
- 🔥 1
- 😱 1