💬 The Hacker News xabariga ko'ra, ShadowSilk nomli yangi hakerlik guruhi Markaziy Osiyo va APAC mintaqasida 36 ta hukumat hamda boshqa tashkilotlarga hujum qilgan.
⚔️ Qurbonlar orasida O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston va Myanma hukumat idoralari, shuningdek energetika, transport, ishlab chiqarish va savdo sektorlari bor.
🇷🇺 🇨🇳 Tadqiqotchilar ShadowSilk'ni ikki tilli guruh deb hisoblamoqda: rus tilida ishlab chiquvchilar zararli dasturlarni yaratadi, xitoy tilida so'zlashuvchilar esa hujumlarni amalga oshiradi.
🥷 Hujum usullari:
* Spear-phishing orqali zararli fayllar yuborish,
* Drupal va WordPress'dagi zaifliklardan foydalanish,
* Telegram botlari orqali yashirin C2 trafik,
* Web shell'lar va RAT dasturlari orqali tizimni boshqarish.
↔️ Ekspertlar ta'kidlashicha, ShadowSilk faoliyati Markaziy Osiyo hukumatlari uchun jiddiy xavf bo'lib, muntazam monitoring va kuchli kiberhimoya choralarini talab qiladi.
MANBA ⬅️
Infosec Blog - kiberxavfsizlik yangiliklari 🇺🇿
