TGViewer
Ravza.uz | Rasmiy kanal Ravza.uz | Rasmiy kanal @ravza_uz · 17.2K subscribers
Post #97506 2K

Forwarded from Ustoz Abdulloh domla

#Xabar #Masjid

🕌NAMANGAN VILOYATIDAGI MASJIDLARDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

⚪️Namangan viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov tomonidan Davlatobod tumanidagi «Muhammad Panoh», «Muhammad al Amiyn» hamda «Imom A'zam» jome masjidlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida masjidlarning isitish tizimlari, elektr jihozlari, mo‘rilar, qozonxonalar, tahoratxonalar hamda boshqa yordamchi inshootlarning holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarining sozligi hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari ko‘zdan kechirildi.

✅ Mas’ullarga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, isitish tizimlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⏺Asosiy maqsad — mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda emin-erkin ibodat qilishlari uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashdir.
Яқинларингизга ҳам улашинг!

👇👇
✅https://t.me/UstozAbdulloh_domla
  • 👍 4
More from @ravza_uz
  1. Oct 14, 2026​​​​#Ҳадис ИСЛОМНИНГ МАДОРИ БЎЛГАН ТЎРТ ҲАДИС Али ибн Ҳусайн розияллоҳу анҳудан ривоят қил…
  2. Oct 14, 2026Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барoкaтуҳ! Чоршанба тонги муборак бўлсин! ​Бугунги кун…
  3. Oct 14, 2026Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барoкaтуҳ! 🗓 Бугун Чоршанба 14 Октябр, 2026 мелодий 0…
  4. Oct 13, 2026#Huquqiy_savodxonlik 📚 "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning 9…
  5. Oct 13, 2026#Huquqiy_savodxonlik 📚 "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning 8…
  6. Oct 13, 2026Намозим қабул бўляптими ёки йўқми? Ҳиндистон уламоларидан Имдодуллоҳ Маккий ҳузурларига би…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →