TGViewer
Channel Public Channel
Ramzbek Nurkulov

Ramzbek Nurkulov

@ramzbek

Founder and CEO of Enter Marketing Agency

Shaxsiy: @nurqulov
Subscribers
349
Photos
249
Videos
54
Links
88

Showing posts older than #536 · Back to latest

Older Posts 14 shown
Post #535 604
Darsdan keyin razbor qilyapmiz.

Bu yerdan chiqib qarshiga chiqib ketishimiz kerak. Ertaga ertalabdan esa ishga chiqamiz 🙂

@ramzbek
  • 👍 8
  • 🔥 4
Post #534 576

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 5
  • 🔥 5
Post #531 659
Enter Marketing Agency'ni yuqori darajaga olib chiqish uchun “Biznesni marketing orqali rivojlantirish” kursiga yozildim. Bugun 1-dars.

Aslida bu kurs puliga bemalol oilaviy 2 kishi chet elda dam olib kelishi mumkin edi.

Lekin bu bilimga investitsiya. Biznesimni yana bir darajaga olib chiqish uchun bu muhim!

@ramzbek
  • 🔥 17
  • 👍 6
Post #530 490

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 9
  • 👍 4
Post #529 861
Katta ma'suliyatni olgan kishi katta ishlar qila oladi

O'zi ko'pchilik holatda yaxshi mutaxassis bo'lish uchun shunchaki ma'suliyatli bo'lishni o'zi yetarli bo'lar ekan.

Katta ma'suliyat esa katta ishlarga yo'l ochadi.

Katta ma'suliyatni lekin hamma ham ola olmaydi, shuning uchun ham o'sish bo'lmaydi.

Shunchaki ma'suliyati bo'lish bor, katta ma'suliyatni olish bor, alohida bular.

Masalan butun bir jamoa ma'suliyati, oila qurganingizdan keyin oila ma'suliyati, farzandli bo'lganingizdan keyin farzand ma'suliyati va boshqa.

@ramzbek
  • 👍 13
  • 🔥 7
Post #528 921
Tanishing, Jahongir, eng birinchi patok SMM kursimizni tamomlagan.

Hozirda Markwork marketing agentligida 6 ta loyihani yuritib kelyapti.

Jahongirda boshida qoʻrquv bor edi. Lekin viloyatda, qarshida boʻlishiga qaramasdan sohani oʻrganib, yangi kasb oʻrganib hozir yaxshigina daromadga ham chiqqan.

Xudo xohlasa yanvar oyida SMM ni endi oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun yangi kurs ochyapmiz.

– 20 kishi qabul qilinadi;
– Support teacherlar boʻladi;
– Kursga suhbat asosida qabul qilamiz;
– Qabulni tez orada yopamiz.

➡️ Suhbatga yozilish

@ramzbek
  • 👍 10
  • 🔥 5
Post #527 965
Oila 🙃

Enter Marketing jamoamiz! Bu yilning soʻngi kursini 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi va 4 nafari bizning jamoamizga qoʻshildi!

Jamoamiz a’zolarini shu yil 10 nafarga yetkazamiz deb maqsad qoʻygan edik. Har bir jamoamizning yangi a’zosi oʻzining rizqi bilan keldi. Jamoa a’zolarimiz ham 10 ga yaqinlashib qoldi.

Bugun yil yakuni boʻyicha tadbir tashkil qildik.

@ramzbek
  • 🔥 13
  • 👍 9
Post #526 763
Working process 📈

🌟 “Enter Marketing” jamoasi ushbu kichik xonada 10 ga yaqin loyihalarni yuritib kelmoqda.

🔥 Xudo xohlasa katta-katta ofislarda jamoamiz bilan Qashqadaryoda va kelajakda butun Oʻzbekiston boʻylab koʻplab bizneslarga oʻz xizmatlarini koʻrsatishni maqsad qilib qoʻyganmiz!

«Enter Marketing Agency» — Qarshi shahridagi eng professional darajada marketing xizmatlarini koʻrsatuvchi va raqamlar asosida ishlovchi kompaniya!

@ramzbek
  • 🔥 13
  • 👍 8
Post #525 750
Eng birinchi postni 2020-yil, avgustda yozganman, 4 yarim yil bo'lyapti ekan blog boshlaganimga.

Yuqoridagi fikrlarimni o'qib ko'rib oldin qanday fikrlagan ekanman, hozir qanday fikrlayapman bilib boraman.

Mana sizga blog yuritish uchun yana bir sabab.
  • 👍 10
  • 🔥 4
Post #524 702
Birinchi marta Telegram kanal ochganimda, nom ham, ichidagi postlarni ham tikkasiga ko'chirib yuritdim, tasavvur qilyapsiz a, bir xil nom, bir xil postlar lekin ikalasi alohida odam tomonidan yuritiladi

– Keyin o'zim alohida kanal qilishim kerak ekan deb alohida kanal ochdim, uni ham bir kanalni kuzatib yurardim, o'sha kanal yo'nalishida qildim, o'sha kanalga o'xshatib yozishga harakat qilardim.

– Keyin SMM ga kirdim, bunda ham bu yo'nalishdagilar nima qilayotgan ekan deb ularni ishini o'zimni loyihalarimda qilishni boshladim, ular qilgan, men qilmaganmanku.

– Keyin bir loyiha bilan 2-3yil ishlaganimdan keyin qo'shimcha loyihalar olishni boshladim, loyihalarni oldim bir o'zim qildim, loyihalar ko'paygani sari esa buni bir o'zim qila olmasligimni, hech bo'lmaganida yonimda bitta mobilograf bilan qilishimni bildim, ikki kishi loyihalarni yuritdik.

– Keyin 2-3 ta loyihalarni yuritayotganlar qanday yuritar ekan deb qiziqib boshladim, jamoa qanday boshqarilarkan, vazifalar qanday taqsimlanarkan deb ularni o'rganishni boshladim.

– Keyin katta jamoa qilishni o'ylab qolib jamoani va loyihalarni kengaytirib boshladim, bu xuddi – marketing agentlik, ha bu ham qilingan, lekin men qilib ko'rmadimku.

Jamoani kengaytirish uchun esa mutaxassis kerak, qarasam mutaxassis yo'q, bor bo'lsa ham ular mendan bilimli va men bilan ishlashmaydi. Keyin o'zim bilganimni kurs qilib bollarga o'rgatishni boshladim

Bu 2023-yil kuz oylarida edi, kurs qildim va o'zim bilgan bilimimni o'quvchilarga o'rgatdim, natijalar jaa hammasi zo'r bo'lmasada qoniqtirdi.

Keyin jamoani kengaytirib boshladik, 3-4 kishi.

Shu yil, 2024-yil yoz oylari, loyihalar soni 6-7 taga chiqdi, boshqaruvni yaxshi bilmasdim, kelishuv qilishlarni aniq bilmasdim, tavakkal, olaverdik, nima qilib berish kerak tadbirkorga, uni xohishlarini qanday, bilmasdim, 7 ta loyihadan 2 taga quladik, qayerdadir xatolik ketdi, qilolmadik, shok boshlandi.

Buni qilolmaskanman, agentlik biznesi qiyin ekan, depressiya boshlandi.

O'rtada umuman loyiha ololmadik, loyiha chiqmadi ham.

Keyin o'rganishni boshladim, yon atrofimdagi tanishlarimdan so'rab boshladim, qanday bo'ladi, jamoani qanday boshqarasizlar, tizimi qanday, kim qanday KPI ga javob beradi, loyihalar bilan qanday kelishuv qilasizlar xullas ichim savollarga to'la, hozir ham, uyalmayman so'rashga, men bilmaydigan narsalarni u biladimi, nimadir ololamanmi bosh egib boraman.

Hozir ham Enter Marketing Agency'ni rivojlantiryapmiz, bu qilingan, men qilmaganman, lekin hozir o'zimni qiynab, majburlab qilyapman, o'sish nuqta shu aslida.

Xullas nima demoqchiman, ko'chirish yoki kimdir qilgan ishni siz qilishingiz normal.

@ramzbek
  • 👍 15
  • 🔥 3
Post #519 563

Forwarded from Enter Marketing Agency

Bismillah!

Assalomu alaykum, xudo xohlasa biz boshladik!

🌟 Enter Marketing Agency shu vaqtga qadar Qarshi shahridagi bizneslarga oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda!

🎗️ Shu vaqtga qadar koʻplab loyihalar bilan ishladik, natijalarni va keyslarni ushbu profilda ulashib boramiz!

Bizning xizmatlarimiz:

• SMM
• Branding
• Web sayt yaratish

Murojaat uchun: 99 335 37 36
  • 🔥 9
  • 👍 5
Post #517 697
🌟 Enter Marketing uchun buyurtmalarimiz kelibdi

Xudo xohlasa katta brend darajasiga olib chiqmoqchimiz Enterni

@ramzbek
  • 👍 14
  • 🔥 7
Post #515 860
Samarqandda 40 ga yaqin SMM loyihalar bilan ishlab kelayotgan Khasan aka bilan koʻrishdik. Juda zoʻr suhbat boʻldi.

Xudo xohlasa Enter Marketingni Qarshi shahrida, Qashqadaryoda eng zoʻr agentlik qilishni niyat qilganmiz va harakatdamiz, oʻrganyapmiz.

Samimiy suhbat va insaytlar uchun rahmat!

@ramzbek
  • 👍 12
  • 🔥 4
Post #511 860

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 10
  • 🔥 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →