TGViewer
Ramzbek Nurkulov Ramzbek Nurkulov @ramzbek · 349 subscribers
Post #524 702
Birinchi marta Telegram kanal ochganimda, nom ham, ichidagi postlarni ham tikkasiga ko'chirib yuritdim, tasavvur qilyapsiz a, bir xil nom, bir xil postlar lekin ikalasi alohida odam tomonidan yuritiladi

– Keyin o'zim alohida kanal qilishim kerak ekan deb alohida kanal ochdim, uni ham bir kanalni kuzatib yurardim, o'sha kanal yo'nalishida qildim, o'sha kanalga o'xshatib yozishga harakat qilardim.

– Keyin SMM ga kirdim, bunda ham bu yo'nalishdagilar nima qilayotgan ekan deb ularni ishini o'zimni loyihalarimda qilishni boshladim, ular qilgan, men qilmaganmanku.

– Keyin bir loyiha bilan 2-3yil ishlaganimdan keyin qo'shimcha loyihalar olishni boshladim, loyihalarni oldim bir o'zim qildim, loyihalar ko'paygani sari esa buni bir o'zim qila olmasligimni, hech bo'lmaganida yonimda bitta mobilograf bilan qilishimni bildim, ikki kishi loyihalarni yuritdik.

– Keyin 2-3 ta loyihalarni yuritayotganlar qanday yuritar ekan deb qiziqib boshladim, jamoa qanday boshqarilarkan, vazifalar qanday taqsimlanarkan deb ularni o'rganishni boshladim.

– Keyin katta jamoa qilishni o'ylab qolib jamoani va loyihalarni kengaytirib boshladim, bu xuddi – marketing agentlik, ha bu ham qilingan, lekin men qilib ko'rmadimku.

Jamoani kengaytirish uchun esa mutaxassis kerak, qarasam mutaxassis yo'q, bor bo'lsa ham ular mendan bilimli va men bilan ishlashmaydi. Keyin o'zim bilganimni kurs qilib bollarga o'rgatishni boshladim

Bu 2023-yil kuz oylarida edi, kurs qildim va o'zim bilgan bilimimni o'quvchilarga o'rgatdim, natijalar jaa hammasi zo'r bo'lmasada qoniqtirdi.

Keyin jamoani kengaytirib boshladik, 3-4 kishi.

Shu yil, 2024-yil yoz oylari, loyihalar soni 6-7 taga chiqdi, boshqaruvni yaxshi bilmasdim, kelishuv qilishlarni aniq bilmasdim, tavakkal, olaverdik, nima qilib berish kerak tadbirkorga, uni xohishlarini qanday, bilmasdim, 7 ta loyihadan 2 taga quladik, qayerdadir xatolik ketdi, qilolmadik, shok boshlandi.

Buni qilolmaskanman, agentlik biznesi qiyin ekan, depressiya boshlandi.

O'rtada umuman loyiha ololmadik, loyiha chiqmadi ham.

Keyin o'rganishni boshladim, yon atrofimdagi tanishlarimdan so'rab boshladim, qanday bo'ladi, jamoani qanday boshqarasizlar, tizimi qanday, kim qanday KPI ga javob beradi, loyihalar bilan qanday kelishuv qilasizlar xullas ichim savollarga to'la, hozir ham, uyalmayman so'rashga, men bilmaydigan narsalarni u biladimi, nimadir ololamanmi bosh egib boraman.

Hozir ham Enter Marketing Agency'ni rivojlantiryapmiz, bu qilingan, men qilmaganman, lekin hozir o'zimni qiynab, majburlab qilyapman, o'sish nuqta shu aslida.

Xullas nima demoqchiman, ko'chirish yoki kimdir qilgan ishni siz qilishingiz normal.

@ramzbek
  • 👍 15
  • 🔥 3
More from @ramzbek
  1. Aug 18, 2026Assalomu alaykum, yangilik bilan keldim, Qarshida faoliyatimda birinchi marta mentorlik qi…
  2. Jul 12, 2026Enter Marketing jamoasi bilan dachaga chiqdik 🔥 Taassurotlar zoʻr, jamoa maza qildi. Endi…
  3. Jul 5, 2026Kecha Oʻzbekistondagi taniqli kopirayter Nurbek aka Qarshida Enter Marketing jamoasi uchun…
  4. Jun 26, 2026Yaxshi yangilik, Qarshi shahrida birinchi marta Marketing bo'yicha katta kurs tashkil qily…
  5. Apr 25, 2026📣Qashqadaryo tadbirkorlari diqqatiga! 26-aprel kuni soat 14:00 da Qarshi Xalqaro Universi…
  6. Apr 20, 2026Va nihoyat chiqibdi https://www.youtube.com/watch?v=KmVhyNnIRfU
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →