TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.14K subscribers
Post #3318 507
“Vinland Saga” tashqaridan vikinglar, qilichbozlik va qonli janglar haqidagi manga bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa Makoto Yukimura mangada “zo‘ravonlik ichida ulg‘aygan inson undan voz kecha oladimi?” degan savolga javob izlaydi.

Muallif avval vikinglar haqida emas, aynan zo‘ravonlik va inson tabiati haqida asar yaratmoqchi bo‘lgan. Keyin bu g‘oyani eng keskin ko‘rsata oladigan tarixiy muhit sifatida vikinglar davrini tanlagan. Shu sabab mangadagi janglar shunchaki tomosha emas. Ularning ortidagi qasos, qullik, yo‘qotish va avloddan avlodga o‘tadigan nafrat qalamga olinadi.

Shuning uchun bu mangadan faqatgina vikinglar yoki jangovar asarlarni yoqtiradiganlar emas, tarixiy roman, xarakter va syujet rivoji va falsafaga boy hikoyalarni yaxshi ko‘radigan kitobxon ham oʻzgacha rohatlanadi.

Chunki “Vinland Saga”ning eng katta jangi qilich bilan olib borilmas ekan. Unda asosiy kurashlar insonning o‘z ichidagi zo‘ravonlik bilan roʻy berarkan. Hozircha juda zoʻr ketyapti. Tez kunda yakuniy fikrlarimni ham yozaman.

➡️@qora_yigit
  • 🔥 10
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 💋 2
More from @qora_yigit
  1. Oct 5, 2026Post #3317
  2. Oct 4, 2026Youtubedagi 57-video ❤️‍🔥 Insoniylik eng tubanga qulagan joyda ham umid yashab qoladimi?…
  3. Oct 3, 2026Siz shunaqasini koʻrganmisiz?😉 Yana qanday noodiy nashrlarga koʻzingiz tushgan? Izohlarda…
  4. Oct 3, 2026Bugun shanba! Hozirgina Qamar’dan shu sovgʻani berib ketishdi. Ichidan esa “Inson”ning yan…
  5. Oct 3, 2026Bugun shanba! Maza qilib maqtanchoqlik qiladigan kun. Lekin afsuski bugun maqtanishim uchu…
  6. Oct 2, 2026Eshitdik-da! 🚨 "DUNYO" seriyasidagi kitoblar soni 20 dan oshishi kutilmoqda ekan. Ushbu 4…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →