TGViewer
Channel Public Channel
Qashqadaryo Invest

Qashqadaryo Invest

@qashinvestpress

"Qashqadaryo invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy kanali ✓

Ish kunlari Dushanba-Juma: 9-00 dan 18-00 ga qadar

Murojaat uchun +998912250908
+998919494443

Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi 60-uy
Subscribers
201
Photos
99
Videos
10
Links
42
Recent Posts 12 shown
Post #119 358
«15 daqiqalik shahar»: Xontepada yashash yanada qulay bo‘ladi

Maktabga borish, savdo-sotiq qilish yoki kundalik xizmatlardan foydalanish uchun uzoq masofa bosir shart emas. Qarshi shahrining Xontepa mahallasida barpo etiladigan zamonaviy shaharchada aynan shunday qulayliklarni yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyiha «15 daqiqalik shahar» hamda Smart & Green City — «Aqlli va yashil shahar» tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Bunda turar joylar, ta’lim muassasalari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini bir-biriga yaqin joylashtirish, piyoda harakatlanish va dam olish uchun qulay muhit yaratishga e’tibor qaratiladi.

Shaharcha hududida 1 650 o‘rinli maktab va 210 o‘rinli bog‘cha tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 219,1 million AQSH dollarini tashkil etadi. U «Qashqadaryo invest kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati buyurtmachiligida ishlab chiqilgan.

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 5
Post #118 104
Qarshidagi yangi shaharchada piyodalar uchun 9,6 kilometr uzunlikda yo‘lak quriladi

Qarshi shahrining Xontepa mahallasida barpo etiladigan zamonaviy shaharchada piyodalar va velosipedchilar uchun jami 19 kilometrdan ortiq alohida yo‘laklar qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha hovlilarni avtomobillardan xoli qilish va aholi uchun xavfsiz harakatlanish muhitini yaratishni nazarda tutadi.

Shundan 9,6 kilometri piyodalar, 9,4 kilometri esa velosipedchilar uchun mo‘ljallanadi. Bu bolalarning hovlilarda xavfsiz o‘ynashi, piyodalarning erkin harakatlanishi va velosipeddan foydalanish uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Shaharchada 3 200 ta avtomobilga mo‘ljallangan to‘xtash joylari ham tashkil etiladi.

Loyiha doirasida zamonaviy turar joylar bilan bir qatorda piyodalar, velosipedchilar va avtomobil egalari uchun qulay infratuzilma yaratish ko‘zda tutilgan.

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 4
Post #117 722
Xontepa mahalasida zamonaviy shaharcha 5 yilda barpo etiladi

Qarshi shahridagi Xontepa mahallasida zamonaviy shaharcha qurish ishlari 5 yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyiha doirasida yangi turar joylar va jamoat binolari qurilib, muhandislik tarmoqlari hamda yashil hududlar tashkil etiladi.

Qurilish ishlari to‘rt bosqichda olib boriladi.

Dastlab hudud qurilishga tayyorlanib, mavjud inshootlar rekonstruksiya qilinadi. Keyingi bosqichda suv, elektr, gaz va boshqa muhandislik tarmoqlari rivojlantiriladi.
Shundan so‘ng zamonaviy turar joylar va jamoat binolari barpo etiladi. Yakuniy bosqichda esa yashil hududlar, dam olish maskanlari va rekreatsiya obyektlari yaratiladi.

Loyiha natijasida Xontepa mahallasida aholi uchun zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlariga ega yangi shaharcha qiyofasi shakllantiriladi.

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 3
Post #115 897
Eski hududdan yangi shaharcha sari

Yaqin yillarda Qarshi shahri Xontepa mahallasidagi qariyb 27 gektar hudud zamonaviy qiyofa kasb etadi.

Eski binolar va noturar obyektlar o‘rnida yangi shaharcha barpo etilib, bu yerda zamonaviy ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar, savdo maskanlari, yam-yashil bog‘lar hamda hordiq chiqarish hududlari tashkil etiladi.

90-607-08-54
91-225-09-08

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 3
Post #113 219
Har bir viloyatga Yangi Toshkentdan 100 gektardan yer beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir viloyatga Yangi Toshkentdan 100 gektardan yer berilishini ma’lum qildi.

Har bir viloyat hokimi o‘z hududining loyihasi va arxitekturasini Prezidentga taqdim etib, tasdiqlatganidan keyin qurilishni boshlaydi. Viloyat hokimlari har oy 5 kun Yangi Toshkentda ishlaydi.

“Bu Yangi O‘zbekiston, bu tarix. 50 yil, 100 yildan keyin odamlar “otasiga rahmat, o‘sha komanda shunday zamin yaratib ketgan ekan”, degan fikrda bo‘lishi kerak”, — dedi Prezident.

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 8
Post #112 433
Hujjat yig‘ish uchun yugurmaysiz!

Qarshi shahrida qurilish uchun tayyor yerlar auksionga chiqmoqda

AUKSIONDA QATNASHING
(tez kunda)

90-607-08-54
91-225-09-08

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 3
Post #111 474
Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishini ta’minlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini ishonch va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish bo‘yicha muhim tashabbuslari bilan ahamiyatli bo‘ldi.

MDHning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda o‘tadi.

TELEGRAM INSTAGRAM
  • 👍 5
Post #110 900
Bizni INSTAGRAMDA ham kuzating

“Yangiliklar va loyihalarimizdan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!”

90-607-08-54
91-225-09-08

INSTAGRAM
TELEGRAM
  • 👍 5
Post #103 330
Qarshining istiqbolli hududini rivojlantirish loyihasi muhokama markazida

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Orifjon Olimovich Fayziyev boshchiligida Qarshi shahridagi 26,8 gektarlik hududni kompleks rivojlantirish loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha “Qashqadaryo Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, muhokamada mahalliy developerlar ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hududning zamonaviy arxitektura qiyofasini yaratish, turar joylar va ijtimoiy obyektlarni qulay joylashtirish, transport harakatini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy shahar muhitini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, developerlar bildirgan taklif va tavsiyalar asosida loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

https://t.me/Qashinvestpress
  • 🔥 4
Post #91 735
"Xontepa"ning kelajak qiyofasi: master-reja yuzasidan takliflar tinglandi

Qarshi shahrining "Xontepa" mahallasida kompleks qurilish tamoyillari asosida rivojlantirilishi rejalashtirilgan 26,8 gektar hudud uchun ishlab chiqilgan master-reja loyihasi keng muhokama qilindi.

Muhokama O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ–73-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Qashqadaryo Invest" AJ tashabbusi bilan tashkil etildi

Unda shaharsozlik, arxitektura va hududlarni kompleks rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin mahalliy developer tashkilot vakillari ishtirok etdi

Master-rejada nazarda tutilgan me’moriy va rejalashtirish yechimlari, zamonaviy shaharsozlik talablari, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi

Loyiha doirasida hududda qulay yashash muhitini yaratish, qurilish yondashuvlarini joriy etish va takliflar asosida master-rejani takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi

https://t.me/Qashinvestpress
Older posts →

About this channel

How can I read @qashinvestpress without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Qashqadaryo Invest: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Qashqadaryo Invest have?
Qashqadaryo Invest (@qashinvestpress) has 201 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Qashqadaryo Invest know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →