🎓 Hurmatli professor-o‘qituvchilar va ustozlar!
🎉 Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
👩🏫👨🏫 Ustoz — yosh avlodga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagini shakllantiruvchi fidoyi insondir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz va shogirdlaringizga bergan bilimlaringiz jamiyat taraqqiyotining muhim poydevoridir.
🎓 PTU jamoasi ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan bebaho hissangiz uchun Sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va shogirdlaringiz yutuqlaridan cheksiz faxr tilaymiz.
🌟 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
📱 Instagram|📱 Facebook|📱 You tube|🌐Website
Post #1247
144