TGViewer
Marg'ilon IM Marg'ilon IM @ptmamar_im · 4.02K subscribers
Post #24582 849
🏛Marg‘ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida yangi hafta ko‘tarinki ruh va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan boshlandi!

🔰​An’anaga ko‘ra, haftaning ilk darsi “Kelajak soati” mashg‘ulotlariga bag‘ishlandi. Bu safargi darslar o‘quvchilar uchun juda qadrli va dolzarb bo‘lgan “Mening ustozim” hamda “Ustoz va zamonaviy texnologiyalar” mavzularida bo‘lib o‘tdi.

​Dars davomida:

✨ O‘quvchilar o‘z ustozlarining mashaqqatli va sharafli mehnatini e’tirof etib, ularga bo‘lgan samimiy hurmat va minnatdorchiliklarini bildirishdi.

💡 O‘quvchilar kelajakda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalangan holda bilim olish va ustozlar bergan saboqlarni amalda qo‘llash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
​
🌐Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati.

⚜Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
  • ❤ 10
  • 👏 10
  • 🔥 5
  • 🥰 3
  • 👍 2
More from @ptmamar_im
  1. Oct 13, 2026«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘…
  2. Oct 13, 2026​🌟 Ochiq dars: "Great Sounds" 🏛​Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilar…
  3. Oct 12, 2026video post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →