TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
250
Photos
907
Videos
123
Links
370

Showing posts older than #1618 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #1617 841
Bolaning aslida kim ekanini hech kim bilmaydi. Bola go’dak holida beshikda yotganda quvonch beradi, lekin sir bermaydi…

Har bir bola kelajakdagi bir shaxsdir. Bu xuddi ipak qurtining pilla ichiga yashiringanidek holat. Oppoq ipak pillasining ichida ko’z qamashtiradigan go’zalikka aylangan kapalakdek, bola ham bolalik pillasidagi boshqa bir inson. Vaqti kelib bu pillaning ichidan qanday inson chiqishini hech kim bilmaydi. Bola faqat hech kimni taqlid qilishga majburlamaydigan, zo’raki shaxsiyat rivojlantirishga urinmaydigan, unga ozor bermaydigan, ezmaydigan, yerga urmaydigan, hurkak va bolalarcha hayajon bilan tashqi dunyoni ifoda etishga harakat qilgan, yashirin dunyosini hurmat qiluvchi hamda uning o’zidek bo’lishga ruhsat beruvchi odamning yonida bo’lsagina yaratilish sirini o’zida mujassam qilishga erishadi.

Bolaning ruhidagi yashirin sir – bola qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilinganda yuzaga chiqadi.

Adem Gunesh,
“Farzand tarbiyalash siri”kitobidan


🖼 Street-art


@pslog
  • 🔥 6
  • ❤‍🔥 5
  • 👍 4
Post #1616 972
Bir qarashda kuchli va chidamli bo’lib ko’rinadigan insonlar ich-ichida og’ir hissiy yuk ko’tarib yurgan bo’lishi mumkin. Bu yuk atrofdagilarning xohish-irodasiga moslashish maqsadida bostirilgan his-tuyg’ular hosilasidir. Bu holatni yaxshiroq tushunish uchun avval “niqoblangan hissiy yuk” tushunchasiga to’xtalaylik. Omma qarashisida kuchli va chidamli bo’lib ko’rinadigan odamlar bu “imidj”ni yo’qotib qo’ymaslik uchun o’zining ruhiy zaif tomonlarini atrofdagilarga ko’rsatmaslikka tirishadi. Bu bosim oxir-oqibat kishini ichdan yemira boshlashi mumkin. Uyda, ya’ni ishonchli va tanqidlardan xoli bir yerda yig’ilib qolgan hissiyotlar birdan “portlashi” va yig’ida namoyon bo’lishi bo’lishi mumkin.

🖼 Marius Sperlich

#emotionalbaggage

@pslog
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 3
  • 💯 3
Post #1615 8.82K
O’qiyman, lekin hech narsa esimda qolmaydi deyuvchilarga Karl Gustav Yung shunday javob beradi:

Ikki kishini tasavvur qiling: Biri mingtalab kitob mutolaa qilsin, ikkinchisi esa hech narsa o’qimasin. Minglab kitoblarni o’qib chiqqan odam o’qiganlarini butunlay unutib yuborgan taqdirda ham, qo’liga bittayam kitob olmagan insondan farq qiladi. Chunki, o’qiganlarimizning bari ong ostimizda saqlanib qoladi.

@pslog
  • 👍 15
  • ❤ 10
  • 🔥 4
  • ❤‍🔥 3
Post #1613 891
"Reverspektiv"

Asar muallifi: Patrik Hyus

@pslog
  • 👍 9
  • 🔥 4
Post #1608 882
Alsgeymer, miya hujayralari va faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan xotira susayishi, fikrlash va tana funksiyasining yo’qolishi bilan kechadigan nevrologik kasallikdir. Alsgeymer kasalligi, keksalik demensiyasi—demansning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.

@pslog
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 💔 2
Post #1601 914
  • 👍 11
  • 😍 4
  • ❤‍🔥 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #1595 763
Alisa Moʻjizalar mamlakatida sindromi

kamdan-kam uchraydigan va g'ayrioddiy kasalliklardan biridir, bu kasallikda haqiqatni idrok etish buzilishi kuzatiladi

@pslog
  • 😨 5
  • 👍 4
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →