Psixologiya haqida bilishingiz kerak bo’lgan yetti narsa1️⃣. Agar siz psixologiyadan xabardor bo’lsangiz, odamlar sizni fikrlarni o’qiy oladi deb o’ylashadi. Ularga boshqachasini tushuntirishga harakat qilmang, aks holda buning qizig’i qolmaydi.
2️⃣. Wikipedia sahifasi ma’lumotlariga qaraganda, ingliz tilida psixologiya so’zini
psycology shaklida qo'llash holatlari ko’p uchrab turar ekan.
3️⃣. Psixologiya yordamida ko’plab fobiyalarni davolash mumkin. Ayniqsa, kouchlar sharofati bilan kresloda o’tirishdan irratsional qo’rquvni davolash imkoni paydo bo'ldi...
4️⃣. Oddiy qilib aytganda, psixolog va psixiatr o’rtasidagi farq: dorilar va yiliga 20 ming dollar.
5️⃣. Odatda psixolog va sotsiolog bir-biridan faqat soqoli bilan ajralib turadi.
6️⃣. Psixologiya yo’nalishidagi talabalarning aksariyat qismini ayollar tashkil etadi, bu fandan dars beruvchi o’qituvchilarning aksariyat qismini esa erkaklar tashkil etar ekan.
7️⃣. Ters psixologiyadan hech qachon foydalanmang. U sariq chaqaga ham arzimaydi. Uni qo’llash mantiqsiz va odobsizlikdir. Iltimos, quyidagi videoning ustiga bosmang.
https://youtu.be/wsBon3DTwIY