Bir bolaning uchta ota-onasi bor. Onasi, otasi va bu ikkala inson o'rtasidagi munosabat. Uchinchi ota-onaning ta'siri har ikkisinikidanda kuchliroqdir. (Bayron Norton)
Bolaning uchta ota-onasi bo’ladi. Onasi, otasi va ota-ona o’rtasidagi oilaviy munosabatlar. Biz insonlar orasidagi ilk munosabatlarni aynan ota-onamiz munosabatlarida ko’ramiz. Atrofdagi insonlarga qanday munosabatda bo’lishni ikkisining munosabatlaridan kuzatib o’rganamiz. Oiladagi qo’pol va qo’rs muomala, sovuqqonlik va zaharli muhit bolada chuqur ruhiy jarohat qoldiradi. Uning izlari yangi qurilayotgan hayotga ko'chmasligiga kim kafolat beradi?!
@pslog
Post #1335
373

- 👍 7
- 🔥 2
- ❤ 1