TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
247
Photos
911
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1287 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1286 536
Inson biologiyasi muhandislar nazarida!

#kreativlik #texnologiya

@pslog
  • 👍 5
  • ⚡ 1
  • 😍 1
Post #1283 862
Million dollarlik fikrlar

➀ Tanasida «Alloh» yozuvi bor baliqlar – so‘qirlar uchun. Aql egalari uchun baliqning o‘zi ham bir mo‘’jiza!

➁ Inson amal qilgan sari taqvosi oshadi, taqvosi oshgan sari, keyinchalik amali ham yanada oshib boraveradi.

➂ Kinolardagiga o‘xshash ta’sirli voqealar hayotda ham uchrab turadi. Faqat muzika chalinmagani uchun sezmay qolamiz.

➃ Har qanday bahsdan oldin o‘lchovlarni aniqlab olish kerak. Siz «bu 1 kilo» deb turgan narsangizni u «yo‘q, bu 2 metr» desa foydasi yo‘q.

➄ Odam o‘zi tushunmagan narsasini falsafa deb nomlaydi.

➅ Insonni yig‘lata oladigan sababga qarab o‘sha insonning saviyasini bilsa bo‘ladi.

➆ Ba’zilarga «odamga o‘xshasang-chi», degim keladi… Lekin uniyam qiynashni istamayman.

➇ Arzon insonlar bilan munosabatlar sizga qimmatga tushadi…

Manba: zamin.uz

@pslog
  • ❤ 8
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👎 1
Post #1280 5.01K
  • 💯 6
  • ❤ 2
Post #1279 677
All about psychology saytining Facebook sahifasida o’tkazilgan so’rovnomada sahifa a’zolaridan o’zlari yoqtirgan psixologik filmlarni aytish so’ralgan. So’rovnomada 2000 nafardan ziyod insonlar qatnashdi va ko’pchilikka manzur bo’lgan psixologik kinolarning top o’ntaligi e’lon qilindi. E’tiboringizga ulardan ayrimlarini havola etaman. 😊

https://link.medium.com/waUN2QfKsub
Medium Eng yaxshi psixologik kinolar All about psychology saytining Facebook sahifasida o’tkazilgan so’rovnomada sahifa a’zolaridan o’zlari yoqtirgan psixologik filmlarni…
  • ❤ 6
  • 👍 1
Post #1278 700
Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas…

“Kel, senga o’zing bilgan bir narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang, bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda, u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!”

Rocky filmidan
Manba: azamat.uz

@pslog
YouTube Rocky Balboa-The world ain't all sunshine & rainbows This is a motivational scene from Movie Rocky Balboa(2006)...
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
Post #1277 1.05K
Tekis, ravon yo’ldan emas, aksincha, o’nqir-cho’nqirliklardan yurganimizda marraga tezroq yetishimizni ko’rsatuvchi eksperiment.

Pastga qulaganimizda yuqoriga intilish uchun kuch yig’ayotgan bo’lamiz. Yangi narsalarni o’rganamiz, o’zimiz uchun xulosalar chiqaramiz.

To'g'ri yo'l qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, uning yakuni, albatta, hayrlidir.

Past-u balandliklar belingizni bukib qo’yishiga yo’l qo’ymang, doimo olg’a intiling!

@pslog
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 💯 1
Post #1276 372
Eng ko‘p uchraydigan 12 ta fobiya

Araxnofobiya — o’rgimchaklardan qo’rqish

Ofidiofobiya — ilonlardan irratsional qo’rqish

Akrofobiya — balandlikdan qo’rqish.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, akrofobiya nevrozning yengil darajasi hisoblanadi.

Agorafobiya — odam gavjum joylardan qo’rqish

Sinofobia — Itlardan qo’rqish

Klaustrofobiya — tor va yopiq joylardan qo‘rqish

Misofobia — mikroblardan qo’rqish

Aviafobiya yoki aerofobiya —uchishdan qo‘rqish.

Glossofobiya — omma qarshisida nutq so’zlashdan qo’rqish

Atixofobiya — muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish

Ornitofobiya — qushlardan qo’rqish

Akvafobiya — suvdan qo‘rqish va suzishdan qo‘rqish

Fobiyalar haqida batafsil

@pslog
  • 👍 9
  • 💯 2
  • ⚡ 1
Post #1274 343
Shukurning fazilatlari

💗 Shukronalik bilan yashashga sabablar 💗

Boriga qanoat qiluvchi insonlar boshqalarga qaraganda o’rtacha hisobda 20 foiz ko’proq xayriya ulashar ekan.

Qanoatli insonlar o’z atrofidagi tanigan-tanimagan insonlar bilan yaxshi chiqishib ketishadi.

Ularning maoshi boshqalarnikiga qaraganda taxminan 7 foiz yuqoriroq.

Shukur qilishga odatlangan yoshlar orasidagi janjallar 13 foiz kamroq. Bunday yoshlarning 20 foizi a’lo baxolarga o’qishar ekan.

Boriga shukur qiladigan o’smirlar juda kamdan-kam holatda tamakiga ruju qo’yadi.

Yoshimizga yosh qo’shilgani sari, ko’proq shukur qilishni boshlaymiz: insonlarning shukur qilish darajasi har 10 yilda 5 foizga oshar ekan.

Qanoatli insonlar:

– Stress bilan bog’liq kasalliklarga 10 foiz kamroq beriladi
– Jismoniy jihatdan sog’lomroq bo’lishadi
– Qon bosim darajasi past bo’ladi

Jamoat bilan yaxshi munosabat o’rnatadi va atrofdagi insonlarga ko’proq yoqadi.

Aholisida shukronalik darajasi eng yuqori bo’lgan davlatlar:

• Janubiy Afrika
• Birlashgan Arab Amirliklari
• Flippin
• Hindiston

Aholisida shukronalik darajasi eng past bo’lgan davlatlar:

• Niderlandiya
• Denmark
• Vengriya
• Chexiya Respublikasi
• Angliya

Hayotdan mamnunlik hissi inson umrini 7 yilga uzaytirishi mumkin.

Manba
  • ❤ 6
Post #1272 435
Psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyddan ayrim iqtiboslar

“Har bir insonda boshqalarga aytmaydigan orzusi bo'ladi, yana shunday xohishi ham bo'ladiki, uni o'zi ham bilmaydi.”

“Biz bir-birimizni tasodifan tanlamaymiz... Biz faqatgina bizning ong ostimizda avvaldan boʻlganlarni uchratamiz.”

“O'zingiz bilan taqqoslashingiz kerak bo'lgan yagona inson - bu o'tmishdagi siz. Undanda zo'r bo'lishingiz kerak bo'lgan yagona inson - bu hozirgi siz.”

"Ahmoqlikning birinchi belgisi hayoning yetishmasligida"

"Koʻp odamlar haqiqatan ham erkinlikni xohlamaydilar, chunki bu masʼuliyatni oʻz ichiga oladi va javobgarlikdan qoʻrqishadi".

“Tashlab ketganlarni qachondir kechirishimiz mumkin, ammo qaytib kelganlarni hech qachon kechirmaymiz.”

“Agar biror odam bilan munosabatlaringiz buzilishini istamasangiz, unga mutlaqo rost gapirish talabini qo'ymang.”

@pslog
Post #1271 283
Post travmatik stress psixologiyasini yaxshiroq tushunishingiz uchun ushbu filmlarni ham ko'rishingizni tavsiya qilgan bo'lardim:

1. "Javdarzordagi isyonkor" ('Rebel in the Rye')

"Javdarzordagi xaloskor"('The Catcher in the Rye') asarining muallifi Jerom Selinjerning hayoti va ijodi haqida. Sellinjer urush va uning talofatlarini o'z boshidan kechiradi. Urushdan qaytgandan so'ng unda jarohatdan keyingi ruhiy zo‘riqish(Post-travmatik stress) rivojlanadi.

2. “Alvido Kristofer Robin”(Goodbye Christopher Robin)

urush xunrezliklarining yozuvchi hayotida chuqur jarohat qoldirgani haqida.
Medium Post-travmatik stress psixologiyasi Ko’pchiligimiz hayot davomida u yoki bu ruhiy jarohatni boshdan kechiramiz. Ba’zida, ular bizda chuqur jarohat qoldirmaydi, ammo millionlab…
  • ❤ 6
Post #1270 320
Hozirgi jamiyatda yechilishi zarur bo’lgan muammolar talaygina. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, ishchilarning haq-huquqlari toptalishi, nosog’lom hayot tarzi — bular hali xamir uchidan patir. Ko’pchiligimiz bu kabi muammolarga parvo ham qilmaymiz. Rassom Jon Holkroft zamonamizning dolzarb muammolarini o’zining satirik suratlarida tasvirlab bergan.

Muallifning asarlari bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan, ular chuqur va murakkab mazmunga ega.

https://link.medium.com/CzbCerZJPtb
Medium Zamona muammolari — suratlarda Hozirgi jamiyatda yechilishi zarur bo’lgan muammolar talaygina. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, ishchilarning haq-huquqlari toptalishi…
Post #1269 287
Yashab turib o‘lishini biladigan yagona mavjudot inson bo‘lishiga qaramay, u birovni qalbini sindiradi, ko‘nglini og‘ritadi, yomonlik qiladi. Xuddi, hech qachon o‘lmaydigandek.

@pslog
  • 👍 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →