Shukurning fazilatlari💗
Shukronalik bilan yashashga sabablar 💗Boriga qanoat qiluvchi insonlar boshqalarga qaraganda o’rtacha hisobda 20 foiz ko’proq xayriya ulashar ekan.
Qanoatli insonlar o’z atrofidagi tanigan-tanimagan insonlar bilan yaxshi chiqishib ketishadi.
Ularning maoshi boshqalarnikiga qaraganda taxminan 7 foiz yuqoriroq.
Shukur qilishga odatlangan yoshlar orasidagi janjallar 13 foiz kamroq. Bunday yoshlarning 20 foizi a’lo baxolarga o’qishar ekan.
Boriga shukur qiladigan o’smirlar juda kamdan-kam holatda tamakiga ruju qo’yadi.
Yoshimizga yosh qo’shilgani sari, ko’proq shukur qilishni boshlaymiz: insonlarning shukur qilish darajasi har 10 yilda 5 foizga oshar ekan.
Qanoatli insonlar:
– Stress bilan bog’liq kasalliklarga 10 foiz kamroq beriladi
– Jismoniy jihatdan sog’lomroq bo’lishadi
– Qon bosim darajasi past bo’ladi
Jamoat bilan yaxshi munosabat o’rnatadi va atrofdagi insonlarga ko’proq yoqadi.
Aholisida shukronalik darajasi eng yuqori bo’lgan davlatlar:
• Janubiy Afrika
• Birlashgan Arab Amirliklari
• Flippin
• Hindiston
Aholisida shukronalik darajasi eng past bo’lgan davlatlar:
• Niderlandiya
• Denmark
• Vengriya
• Chexiya Respublikasi
• Angliya
Hayotdan mamnunlik hissi inson umrini 7 yilga uzaytirishi mumkin.
Manba