Tutunli xona eksperimenti
Biror kimsani tang ahvolda ko'rsangiz, yordam berishga harakat qilgan bo'lardim, deb o'ylaysizmi? Psixologlar bu savolga javob atrofda necha nafar kishi borligiga bog'liq ekanligini aniqladilar. Biz vaziyatga yagona guvoh bo'lganimizdagina yordam qo'lini cho'zishga moyilmiz, odamlar orasida bo'lganimizda esa yordam berishimiz ehtimoldan holi vaziyatga aylanishi mumkin.
Bu fenomen Kitti Jenoves ismli yosh ayolning o'limi sabab omma e'tiboriga tushdi. Ko'pchilik bergan ma'lumotlarga ko'ra, bir necha kishi unga qilingan tajovuzning guvohi bo'lib turishlariga qaramasdan, hech kim yordam qo'lini cho'zishni xayoliga ham keltirmagan.
Bu xulq-atvor kuzatuvchi effektiga bir misol sifatida qaralgan, yoki atrofdagilarning mavjudligi odamlarni harakatsizlikka olib kelishi. (Aslida, bir necha guvohlar zudlik bilan militsiya xodimlariga xabar berganlar, shu sabab Jenoves keysi kuzatuvchi effektiga mukammal misol bo'la olmaydi.)
Bir klassik eksperimentda tadqiqotchilar xonadagi ishtirokchilardan so'rovnoma olish uchun blankalar to'ldirishni so'radilar. To'satdan bu xona tutunga to'la boshladi. Ba'zi vaziyatlarda ishtirokchining bir o'zi xonada yolg'iz bo'lishsa, ba'zilarida hech narsadan xabari bo'lmagan uch nafar ishtirokchi bo'lgan va so'nggi vaziyatda bir nafar ishtirokchi va 2 nafar konfederatlar(eksperimentator yordamchilari) bo'lgan.
Ikki nafar konfederatlar ishtirokidagi vaziyatda, hamkorlik qilayotgan bu aktyorlar tutunga ahamiyat bermay, so'rovnomani to'ldirishda davom etishdi. Ishtirokchilar yolg'iz bo'lishganda, bu ishtirokchilarning chorak qismi tutun haqida tadqiqotchiga xabar berish uchun xonani xotirjam tark etishdi.
3 nafar haqiqiy ishtirokchilardan iborat bo'lgan vaziyatda bu ishtirokchilarning faqat 38 foizi tutundan xabar berishdi. Ikki nafar konfederatlar tutunga ahamiyat bermagan so'nggi eksperiment sharoitida ishtirokchilarning atigi 10 foizi tutundan ogohlantirish uchun xonadan chiqib ketishdi. Ushbu eksperiment odamlar o'z harakatlarini qanchalik atrofdagilarning munosabatiga tayanib amalga oshirishlariga yorqin misoldir.
Qandaydir voqea yuz berib tursa-yu, hech kim bunga ahamiyat bermayotgandek tuyulsa, odamlar guruhning munosabatiga ahamiyat qaratishga moyil bo'ladilar va vaziyatni shu tarzda baholaydilar.
π @getpsychedup
Post #998
258