Karlsberg ijtimoiy eksperimenti
Hech sizga odamlar tomonidan tashqi qiyofangizga asoslangan o'rinsiz baho berilgandek tuyulganmi? Yoki ilk uchrashuvdayoq biror kimsaning ko'rinishiga qarab, u haqida notog'ri taassurotga borganmisiz?
Tashqi siymoga asoslangan bunday taassurotlar ba'zida insonlarning ichki siyratida yashirin xislatlar va fazilatlarni nazardan chetda qoldirilishiga sabab bo'ladi. Aslida reklama sifatida boshlangan o'ta kulgili ijtimoiy eksperimentda vaziyatdan zig'ircha xabari bo'lmagan juftliklar gavjum kinoteatrga kirib borishdi.
150 o'rindiqning faqatgina ikkitasidan bo'lak barchasi allaqachon egallab bo'lingan. Hamma gap shundaki, to'ldirilgan 148 ta o'rindiqni o'ta gavdali va qo'rqinchli qiyofadagi erkak baykerlar egallab olgan edilar. Siz bunday vaziyatda qanday ish tutgan bo'lardingiz? Mavjud o'rindiqlardan birini egallab, filmni maroq bilan tomosha qilardingizmi yoki bunga jur'atingiz yetmay, u yerdan juftakni rostlardingizmi?
Ushbu norasmiy eksperimetda barcha juftliklar ham o'rindiqqa o'tirishni xushlashmadi, bunga axiyri jur'at qilgan juftliklar omma tomonidan olqishlanib, Carlsbergning tekin pivolari bilan taqdirlashdi.
Ushbu vaziyat odamlar nima uchun hamisha kitobning muqovasiga qarab baho bermasliklari lozimligini eslatuvchi ajoyib misol bo'ldi.
πππ
@pslog
Post #992
251