TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 245 subscribers
Post #907 136
Shaxsiyat yoki vaziyat...?

Taqdir taqozosi bilan Zolushka shahzoda uyushtirgan katta balga tushib qoladi va shahzodaning e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Zolushkani qattiq sevib qolgan shahzoda uni izlab kelib, o‘gay onaning xonadonida ko‘rganida avvaliga tanimaydi.
Nega?

Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlarini tushunib olish uchun juda sodda misoldir.

Zolushka shahzoda huzuridagi balda go‘zal, xushchaqchaq, jozibali ko‘ringan bo‘lsa, o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va o‘zini boshqacha tutadi. Balda u o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatlar doirasida o‘zini go‘zal va ajoyib qiz ekanligiga ishonib aloqaga kirishgan bo‘lsa, o‘gay onasining uyida unga nisbatan salbiy munosabatlar ta’sirida o‘ziga nisbatan past baho berishi natijasida o'zini tortinchoq, kamgap tutadi.

Fransuz filosofi Jan-Pol Sartrning ta’kidlashicha, Zolushka bilan sodir bo‘lgan voqeada hech qanday hayratlanarli jihat yo‘q, uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga bog‘liqmiz. Bizni vaziyatlardan ajratib bo‘lmaydi, vaziyatlar shaxs sifatida bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi»

-Ijtimoiy psixologiya darsligidan

@getpsychedup
More from @pslog
  1. Oct 14, 2026Morgan Hauzel o’zining «Pul psixologiyasi» nomli kitobida pulni Yer yuzidagi eng ajoyib sh…
  2. Oct 14, 2026Bolaligimizda soatlab rasm chizar, yangi o‘yinlar o‘ylab topardik. Natijasi qanday bo‘lish…
  3. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  4. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  5. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  6. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →