Jasur talaba yuz kun mobaynida uni qo’rquvga soluvchi yuz narsaga qo’l urdi
Hayotini to’laqonli yashash maqsadida Mishel Poler o’z qo’rquvlari bilan yuz kun mobaynida yuzlashishga qaror qildi.
Grafik dizayner Mishel Vizual San’at oliygohining brending yo’nalishi bo’yicha magistratura bosqichida ta’lim olish maqsadida bir necha oy ilgari Nyu York shahriga ko’chib keldi. U xuddi o’zi tasvirlab berganidek, “tartibli hayot tarzidan” tamoman yangi shahardagi butunlay yangi hayotga qadam qo’ydi.
Nyu Yorkda o’tkazgan vaqtlarini to’laqonli tuyishning yagona yo’li o’zidagi ba’zi qo’rquvlarga barham berish yoki ular bilan iliq munosabat o’rnatish ekanligini anglab yetib, u har kuni o’z qo’rquvlari bilan birma-bir yuzlashish maqsadini qo’ygan “Qo’rquvsiz 100 kun” loyihasiga qo’l urdi.
U o’z vebsaytida bu loyihaning yaralishini shunday tushuntirib beradi: “O’z hayotingizni to’laqonli yashashni istashingizni anglab yetuvchi o’sha daqiqa. So’ng esa, siz va sizning orzularingiz o’rtasidagi yagona to’siq, bu — qo’rquv ekanligini tushunib yetasiz. O’sha daqiqada 100 kun mobaynida o’z qo’rquvlarim bilan birma-bir yuzlashishga otlandim.”
Post #900
115