TGViewer
š‘€š‘’š‘‘š‘–š‘¢š‘šā€™š‘‘š‘Žš‘”š‘– š“š‘§š‘–š‘§š‘Ž š‘€š‘’š‘‘š‘–š‘¢š‘šā€™š‘‘š‘Žš‘”š‘– š“š‘§š‘–š‘§š‘Ž @pslog Ā· 250 subscribers
Post #1800 218
Robert Grin’ning ā€œMahoratā€ nomli kitobida Homo magister degan so’zni uchratib qoldim. Bu so’z o’z ishining ustasi boŹ»lgan mohir odam, degan ma’noni anglatar ekan.

Biz qachon mohirlikka erishamiz? Biror bir yangi narsani o’rganishni boshlaganimizda, ichimizda hadiksirash bo’ladi. Oddiy misol. Pianino chalishni o’rganishni boshlaganimizda avvaliga bu ishga hayajon va ishtiyoq bilan kirishishimiz mumkin. Lekin ko’p o’tmay ularning o’rnini zerikish, toqatsizlik, qo’rquv va noaniqlik kabi hissiyotlar egallasa, ularga taslim bo’lish xavfi katta bo’ladi. Shunda ham to’xtamasak va mashq qilishda davom etsak, nimadir ro’y beradi va šŸ’„(boom) biz mohirlikka erishamiz. Yillar davomida shu mashg’ulotga sodiq qolsak, pianino tugmalari asab tizimimizning bir qismiga, barmoqlarimizning uchiga aylanadi. šŸŽ¹

Bolalikdagi qiziqishlaringiz yodingizdami? Bugun shu qiziqishlaringizga qay darajada sodiq qola oldingiz? Hozir qilayotgan ishlaringizga qay darajada sodiqsiz?

Kitobdan parcha:

Hayvonlar uchun vaqt – ashaddiy dushman. Agar potensial oŹ»lja boŹ»lsa, bir joyda uzoq vaqt aylanib yurish uning uchun darhol oŹ»lim belgisi boŹ»lishi mumkin. Agar u yirtqich boŹ»lsa, uzoq kutish oŹ»ljani qoŹ»ldan boy berishni anglatadi. Hayvonlar uchun vaqt jismonan qarishni ham ifodalaydi. Ov bilan shugŹ»ullanuvchi ajdodlarimiz ushbu jarayonni butunlay teskari tomonga oŹ»zgartirgani hayron qolarli. Ular nimanidir qancha koŹ»p kuzatsa, uni tushunishi va voqelik bilan bogŹ»lanishi shuncha yaxshilangan. Tajriba ortib borgan sari ularning ov koŹ»nikmalari ham ortgan. Doimiy amaliyot tufayli samarali qurol yasash qobiliyati yanada kuchaygan. Tana qarishi mumkin, ammo ong oŹ»rganish va moslashishda davom etgan. Vaqtdan bunday foydalanish mahoratning muhim tarkibiy qismidir.
  • ā¤ 5
More from @pslog
  1. Sep 25, 2026ā€œNega menda shunaqa boŹ»lyapti?ā€ ā€œNega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?ā€ ā€œMenga qachon o'r…
  2. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq ā€œā€¦
  3. Sep 13, 2026ā€œOzorlama shirin joningniā€ Bir koā€˜rgazmada iligā€˜liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  4. Sep 13, 2026photo post
  5. Aug 25, 2026ā€œInson nima uchun yashaydi?ā€ asari haqida Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoli…
  6. Aug 21, 2026#asardan_parcha Aldoqchilik insonni boshqa barcha mavjudotlardan ustun qilib turadigan bir…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →