TGViewer
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž @pslog Β· 250 subscribers
Post #1792 223
Invictus(Yengilmas)

Garchi yuzlansam-da qaro zulmatga,
Mudhish azoblarning qa'rida turib.
Ming shukur aytaman shunday qismatga,
Aslo taslim bo'lmas ruhimni ko'rib!

Balolar tig'idan to'ksam-da men qon,
Titramadim aslo, chekmadim faryod.
Taqdir zarbalari qiynasa yomon,
Yarador bo'lsam-da, bo'lmadim barbod!

Yovuzlik va ko'z yoshlar-la qoplangan bu yo'l,
Kelajak manzili bo'lsa-da mavhum.
Boshga dardu sitam yog'sa misli do'l,
Aslo men qo'rqmasman, bo'lmasman mahkum!

Taqdir darvozasi bo'lsa hamki tor,
Xatarlar qalbimga sololmas titroq.
Qismatim ustidan men o'zim sardor,
Shu ozod ruhimning darg'asiman mutloq!

βž–Uilyam Ernst Xenli

βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–

Bu she'r inson irodasining qismat ustidan qozongan g'alabasi ramzi sifatida qabul qilinadi.

Uilyam Ernest Xenli mazkur she'rni 1875-yilda, 26 yoshida yozgan. U bolaligidan suyak sili kasalligidan aziyat chekkan va natijada shifokorlar uning bir oyog'ini kesib tashlashga majbur bo'lishgan. Ikkinchi oyog'ini saqlab qolish uchun qilingan murakkab operatsiyalardan so'ng, uzoq vaqt kasalxonada, qattiq og'riqlar ichida yotgan paytida aynan shu she'rni yozgan.

Bundan tashqari, mazkur she'r Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandelaning eng sevimli she'ri bo'lgan. Mandela Robben orolidagi qamoqxonada 27 yil davomida tutqunlikda bo'lganida, ushbu she'rni matnini qog'ozga ko'chirib, kamerasi devoriga ilib qo'ygan. U og'ir jismoniy mehnat va siyosiy bosimlar vaqtida o'z irodasini mustahkamlash va safdoshlarining ruhiyatini ko'tarish uchun "Invictus"ni doimo o'qib bergan.


Tarjimon: Mahmudjon Tohirov
  • ❀ 4
More from @pslog
  1. Sep 25, 2026β€œNega menda shunaqa boΚ»lyapti?” β€œNega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” β€œMenga qachon o'r…
  2. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq β€œβ€¦
  3. Sep 13, 2026β€œOzorlama shirin joningni” Bir koβ€˜rgazmada iligβ€˜liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  4. Sep 13, 2026photo post
  5. Aug 25, 2026β€œInson nima uchun yashaydi?” asari haqida Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoli…
  6. Aug 21, 2026#asardan_parcha Aldoqchilik insonni boshqa barcha mavjudotlardan ustun qilib turadigan bir…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’