Teleologiya
Goldstein xonim ikki nabirasi bilan sayr qilgani ko’chaga chiqishadi. Yo’lda bir o’rtog’i bilan uchrashib qoladi. Dugonasi undan nabiralarining yoshini so’raydi. Goldstein xonim javobni cho’rt kesadi: “Shifokor 5 yoshda, advokat esa 7 ga kirgan.”
Nima deb o’ylaysiz? Inson hayotining qandaydir bir telos’i mavjud bo’ladimi?
Buni Aristoteldan so’rasangiz, u “ha” deb javob beradi. Uning fikricha, inson umrining telos’i baxtdir. Aristotel davridan 7 asr o’tib, Aziz Augustine hayotning telos’i Tangriga bo’lgan muhabbat deb tushuntiradi. Yigirmanchi asr ekzistensialisti Martin Heiddeger esa, telos’ni inson o’zining “haqiqiy men”ini topishi, eng muhimi esa, o’limni inkor qilmasdan yashash fikrini ilgari suradi. Baxtli hayotmi? U allaqachon urfdan qolib bo’lganku!
🖋️ Thomas Katheart & Daniel Klein’ninb Platon bir kuni qo’lida o’rdakburun bilan barga kirib keladi…(Falsafani mutoyiba yo’li bilan tushunish) kitobidan
Sizningchachi? Hayotdan maqsad nima? Insonning hayotidan maqsadi nima?
@pslog
Post #1735
383

- ❤ 9
- ❤🔥 2
- 👍 2