Shifoxonaga Ehlers-Danlos Sindromi uchun tekshiruvdan o’tishga borgan Laure James’ga autizm sindromi tashxisi qo’yildi.
James’ga yoshlikdan notog’ri tashxislar qo’yilib kelingan. Ishtaha sustligi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi va muloqotdagi qiyinchiliklar kabi simptomlar har gal boshqa kasallik simptomlari bilan adashtirib yuborilgan.
“Qiz bolalarga yanglish tashxis qo’yish juda ko’p uchraydi.”
Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.
“O’zimdagi farqliliklarni nihoyat tushuna boshladim.”
Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.
Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.
@pslog