Sun'iy intellektBugungi kunda eng “trenddagi” mavzu. Sun’iy intellekt hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Psixologiya ham bundan mustasno emas.
Bu atama psixologiyaga ilk bor sun’iy intellektning inson xulq-atvoriga taqlid qila boshlashi bilan kirib keldi. Hozirda sun’iy intellektdan psixik kasalliklarga tashxis qo’yish va ularni davolash maqsadida foydalanilmoqda.
MindLamp psixopatalogiyalarni davolash maqsadida yaratilgan loyiha.BiAffect bipolyar kasallikka chalinganlarning kasallik davrini taxmin qilish maqsadida yaratilgan loyiha.Woebot Health esa terapiyalarda ishlatilayotgan suhbat robotidir. Uning ustida bir qancha tadqiqotlar o’tkazilgan. U tug’ruqdan keyingi depressiyani ozaytirishda samarali natijalarni ko’rsatgan. Zararli tomoni
Salbiy tomonlar hamma narsada bor. Deylik, oddiy pichoqdan oshxona anjomi sifatida ham, qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Sun’iy intellekt ham nima maqsadda, kimning qo‘lida ishlatilishiga qarab foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo’lishicha, Angliya qirolichasiga suiqasd uyushtirgan jinoyatchining bir necha kun chatbot bilan kechgan suhbati, uni shu ishga qo’l urishga rag’batlantirgan ekan.
#psixologiya #suniyintellekt
@pslog