TGViewer
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž @pslog Β· 249 subscribers
Post #1513 541
Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini aniqlash mumkin:

1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o'zlarini olib qochadi, masalan, boshqa bolalar singari onasiga yopishmaydi.
2. Ko'zga tik qaray olmaydi
3. Ko'z uchi bilan qarash odati ko'p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi (buni ko'pincha bolada eshitish qobiliyati pasayishi bilan adashtirish mumkin)
5. Bola muloqot qilsa ham tabassum, kulgi, mimika kabi emotsiya qilolmaydi.
6. Bola uyqusi buzulgan bo'ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa tomonga qarab hech kim bilan gaplashmayotgandek o'zini tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo'rqib turadi (oddiy chiroq ham qattiq qo'rquv sabachisi bo'lishi mumkin)
9. Xatar nima ekanligini ham bilmasligi mumkin. Masalan, mashina yo'liga chopib ketadi, baland joylardan sakrab o'zini otadi.
10. Bolada atrof bilan muloqot qilishga ichidagi kuchli qarshilik yo'l qo'ymaydi. Bola doim iltimos, talab va harakatlarga qarshilik ko'rsatgisi keladi.

Ko'pincha ota-onalar autizm alomatlarini anglay olmay bola erkalik qilyapti, shoxlik qilyapti, quloq solmayapti deb bolani kuch bilan tinchlantirmoqchi bo'ladi yoki bolaga qo'yilgan talablarni bajarish uchun jazolash usullarini ham qo'llaydi. Bunday muomala bola psixikasiga battar ta'sir ko'rsatib, bolaning psixologik holatini yanada og'irlashtirib yuboradi.

Bolada autizm alomatlarini sezsangiz, uni psixiatrga ko'rsating.

@pslog
  • πŸ‘ 10
  • πŸ”₯ 2
More from @pslog
  1. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan boβ€˜lsa kerak… Yozuvchining oβ€˜zi aytishicha, u bilan yax…
  2. Sep 25, 2026β€œNega menda shunaqa boΚ»lyapti?” β€œNega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” β€œMenga qachon o'r…
  3. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq β€œβ€¦
  4. Sep 13, 2026β€œOzorlama shirin joningni” Bir koβ€˜rgazmada iligβ€˜liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  5. Sep 13, 2026photo post
  6. Aug 25, 2026β€œInson nima uchun yashaydi?” asari haqida Ushbu kitob hayotning eng muhim shu uchta savoli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’