Bolaning muloqot qila olmasligi - Autizm haqida
Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to'g'ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni xohlashi kerak. Lekin muloqotdan o'zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko'p va turlicha bo'lishi mumkin.
Masalan, yomon oila va atrof-muhit tarbiyasi, cho'chib ketish bilan bog'liq psixik shikast, bolaning oiladan birdan ajralishi, yoki kasalxonaga tushib yolg'izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar.
Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi - bunda bola umuman "o'ziga kirib ketib", atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo'rquv ko'rsatkichlari bolada namoyon bo'lib turadi.
@pslog
Post #1511
451

- π 6