Bola qachon o'zini tanishni boshlaydi?
18 oylikdan boshlab bolalar o'zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi va bu jarayon 3-4 yoshgacha davom etadi. Ammo, qaysidir ma'noda, biz kattalar ham shaxs sifatida o'zimizning yangi qirralarimizni kashf etishdan to'xtamaymiz.
O'zini alohida shaxs sifatida anglay olgan bola ko'zgu qarshisida o'z qiyofasini taniy oladi. Buni aniqlash uchun psixologiyada maxsus test mavjud. Bu testni uy sharotida har bir ota-ona o'z farzandida sinab ko'rishi mumkin. Buning uchun kichkintoyingizni oyna qarshisiga olib keling. Uning burni ustiga yoki yuzining biror qismiga yorqin rangli bo'yoq surib qo'ying. Agar u o'zini tanishni boshlagan bo'lsa, ko'zgudagi qiyofasiga emas, yuzidagi bo'yoqqa qo'lini cho'zishga harakat qiladi.
Manba: https://youtu.be/M2I0kwSua44
#buqiziq #psixologiktest
Post #1469
680