O'ylayapmanda..!
Kitob yo'q !
Bilim yo'q !
Fikr yo'q !
Vafo yo'q !
Zakot yo'q !
Bag'rikenglik yo'q !
Iroda yo'q !
Tabassum yo'q !
Samimiyat yo'q !
Yetakchilik yo'q !
Siyosat yo'q !
Tarix yo'q !
Adabiyot yo'q !
San'at yo'q !
Izlanish yo'q !
Musiqa yo'q !
She'r yo'q !
Xullas, insonni inson qilib turgan xislatlarning hech biri yo’q.
Xo’sh, unda hayotda nima bor?
Manmanlik bor !
Murosasizlik bor !
Xudbinlik bor !
Bezorilik bor !
Kibr bor !
Riyokorlik bor !
Isrofgarchilik bor !
Boylikka hirs qo’yish bor !
Urush bor !
Yolg’onchilik bor !
Hasad bor !
Dushmanlik bor !
Mensimaslik bor !
G’iybatchilik bor !
Masxaralash bor !
Noshukrlik bor !
Dangasalik bor !
Boshqacha aytganda, inson zotida bo’lmasligi kerak bo’lgan har ne bor!
Biz ana shu bor va yo’qlar orasida qolib ketdik va goh u tomonga, gohida bu tomonga o’tamiz, oxir-oqibatda esa boylik ichida yo’qsillikka duchor bo’lgan va ayni shu sababdan ham atrofimiz odamlarga to’la bo’la turib, yolg’izlikda yashayotgan odamlarga aylandik.
“O’zingni sevishing kerak” nasihatining ham no’joya ta’sirlari chiqib qoldi.
Ichimizda yolg’izlik tuyg’usi yaratgan bo’shliqning sababini bizni tushunadigan insonlarning yo’qligiga bog’ladik.
Biz samimiylik va halollik kabi oliy fazilatlarning taqchil zamonida yashayapmiz.
Jasorat tuyg’usini mushtumzo’rlikka ishlatdik,
Vijdonimizni hamyonimizga yashirib qo’ydik.
Va eng so’nggida, har birimiz hatto o’z soyamizga ham shubha bilan qaraydigan bo’ldik.
Xulosa qilganda, bizlar bag’rikenglik, mehr-oqibat, kamtarlik, tabassum, salom-alik va samimiylikdan yiroq odamlar jamoasiga aylandik.
Bir donishmand aytganidek, inson va insoniylik o’rtasida shunday bir bo’shliq paydo bo’ldiki, oqibatda inson insonligini yo’qotdi.
Credits: Erhan Turkmen.
@pslog
Post #1371
355
- 🔥 5
- 👍 3
- ❤ 1