“Velosiped — yer sayyorasining kushandasi.”
Bir bank xodimi mulohaza uchun iqtisodchi olimlarga quyidagi fikrni o’rtaga tashlabdi:
“Velosiped haydovchisi mamlakat iqtisodiyotini tanazzulga yetaklaydi: u mashina sotib olmaydi va buning uchun hech kimdan qarz olmaydi. Ular sug’urta ham qilishmaydi. Na yoqilg’iga pul sarflaydi va na mashinasini tuzatishga. Parkovkaga pul sarlamaydi. U katta avariyalarga sababchi bo’lmaydi. Ularga katta yo’l ham kerak emas.
U ortiqcha vazn yig’maydi. Sog’lom odam iqtisodiyot uchun biror foyda keltirmaydi. U dori sotib olmaydi. Na shifoxonaga va na shifokorga boradi. Mamlakat YaIM(Yalpi ichi mahsuloti)ga hech qanday hissa qo’shmaydi.
Aksincha, har bir yangi fast-food oshxonasi kamida 30 ta yangi ish joyini yaratadi . Yanayam ochiqroq aytganda, 30 ta kardiolog, 10 ta tish shifokori, 10 ta dietolog uchun ehtiyoj tug’iladi.”
Tanlovda adashmang: bitta velosipedmi yoki bitta fast-food oshxonasi. Bu haqida yaxshilab o’ylab ko'ring.
PS: bundan ham yomonrog'i, yayov yurish. Piyodalar aqalli velosiped ham sotib olishmaydi.
~ Euro Exim Bank MChJ rahbari Emeric Sillo
Post #1329
378