Tadqiqotchilar piyoda yurishning inson aqliy salohiyatiga ta’sirini o’rganish maqsadida bir guruh bolalar ustida izlanish olib borishdi.
Natijalar o’ta quvonarli edi…
Mutolaa oldidan jismoniy mashq bilan shug’ullangan bolalarning kitobni tushunish, mulohaza qilish qobiliyati bir necha barobar yuqoriroq bo’lgan. Statistik ko’rsatkichlar unchalik yuqori bo’lmasa-da, ushbu guruh bolalarining arifmetik va talaffuz qilish qobiliyatlari yuqori darajada o’sgan.
Yurish inson salomatligi uchun foydali bo‘libgina qolmay, ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aqliy salohiyatingiz va ijodkorligingiz oshadi.
Ko’proq piyoda yuring(nafaqat bolalar, balki kattalar ham)! Axir, yurish — inson uchun eng oddiy va foydali mashg‘ulot.
Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2667807/
@pslog
Post #1327
337

- 👍 7