TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 247 subscribers
Post #1239 319
Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha 🕊

Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi. Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan",  derdi. Yana boshqasi filning qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan",  deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi. Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan",  deb uni ta’rifladi. Kimki filning qayerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi. Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni sig‘dirib bo‘lmaydiku!

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

@pslog
  • ❤ 5
  • 👍 1
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →