Psixiatr Aoron Bek tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv terapiya g'oyasiga ko'ra, tushkun kayfiyat odamlarning o'z hayotiy tajribalarini idrok etishdagi buzilishlar tufayli yuzaga keladi.
Masalan, ruhiy tushkunlik(depressiya)ga chalingan odam faqat salbiy voqealarga e'tibor qaratib, ijobiy narsalarni esa bee'tibor qoldirishi mumkin.
Oddiy misol. O'qituvchi o'z o'quvchisini ham maqtaydi, ham tanqid qiladi. Agar o'quvchi maqtovga e'tibor berib, ertasi kuni uni eslasa, u o'zini a'lochi bolalardek his qilishi mumkin. Biroq, agarda u tanqidga e'tibor berib, ertasi kuni ham bu haqda o'ylashda davom etsa, u o'zini landovur his qilishni boshlashi mumkin.
@pslog
Post #1225
361
- π 7