TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 247 subscribers
Post #1222 1.23K
O‘shanda hali bola edim. Onam mashaqqatli ish kunidan qaytib, har kech biz uchun non pishirardi.
Bir kuni vaqt allamahal bo‘lgan, onaizorim shosha-pisha biz uchun kechki ovqat tayyorlardi. Bir ozdan keyin u otamning oldiga ovqat va non qo‘ydi. Mening ikki ko‘zim nonda edi. Kimdir nonning kuyganiga e’tibor berarmikan deb kutib turdim.
Lekin otam nonni indamasdan chaynadi va mendan maktabdagi kunim qanday o‘tganini so‘radi.
O‘sha kun unga qaytargan javobimni eslay olmasam ham, ovqatdan keyin volidamning otamga non bir oz o‘tib ketganini ming xijolat bilan aytgani kechagidek qulog‘im ostida.
Otam o‘sha kuni jilmayib turib, onamga “Azizam, kuygan non menga yoqadi-ku,” dedi.
Uxlashdan oldin otamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga kirdim va undan kuygan nonni rostdan ham yaxshi ko‘rish-ko‘rmasligini so‘radim. Otam meni bag‘riga bosib, qattiq quchoqladi.
“O‘g‘lim, onang kun uzoq ishlab, juda charchagan. Bir marta kuygan non yesam, menga biror nima bo‘lmaydi. Lekin, yomon so‘z onangni qattiq jarohatlagan bo‘lar edi,” dedi.

Biz barchamiz xom sut emgan bandalarmiz. Kezi kelganda muhim sanalarni, zarur narsalarni, burchlarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz. Shuncha yillar mobaynida o‘rganganim shuki, bir-birimizni kamchiliklarimiz bilan qabul qilishimiz kerak. Boisi, hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun juda ham qisqalik qiladi.

© Abdul Qalam

Manba: kh-davron.uz
  • 👍 9
  • 😢 2
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →