TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 247 subscribers
Post #1217 395
Miyamizning 10 foizinigina ishlatishimiz haqiqatmi?

Ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otgan Lucy filmidagi bosh qahramon sanalmish Lucy obrazini Skarlet Johanson jonlantirgan. Filmdagi yetakchi g’oya inson o‘z aqliy salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanadi, degan uydirmadan iborat.

Film inson miyasini 100 foizdan ortiq ishlata olmaydi, agar ishlata olganida super qobiliyatlar egasiga aylangan bo’lar edi, degan yanglish fikr ustiga qurilgan. 20-asrning mashhur psixologi Uilyam Jeyms “Biz o‘z aqliy imkoniyatlarimizning to’liq foydalana olmaymiz”, — deb aytgan edi. Vaholanki, u aslida miyaning noto’liq ishlashini emas, balki insonning irodasizligini, dangasaligini nazarda tutgan edi. Miyaning 10 foizigina ishlashi haqidagi yanglish fikr 1900-yillarda Karl Lashley ismli neyrojarroh ishlari sabab paydo bo’lgan. Shu tariqa, oddiy odam o‘z aqliy salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanishi haqidagi asossiz fikrlar keng yoyilgan.

Ammo miya skanerlari tadqiqotlaridan yaxshi ma'lumki, biz miyaning barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida ishlatmasak-da, undan to'laqonli(ya'ni,100 foiz) foydalanamiz.
YouTube Lucy - International Trailer (Universal Pictures) HD Own Lucy on Blu-ray & DVD January 12th - http://bit.ly/LUCY15 Follow Lucy on Facebook - www.facebook.com/lucymovieuk From La Femme Nikita and The Professional to The Fifth Element, writer/director Luc Besson has created some of the toughest, most memorable…
  • 👍 2
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →