Virtual insonlar: Suniy intellekt kelajagi
Insoniyatning birlashuvi bashariyat tarixidagi misli ko’rilmagan kuch edi. Insonlar bir-birlari bilan hissiyotlar, axborot almashinuvi, muloqot, jamoa ko'magi vositasida uzviy aloqada bo’lishadi. Kelgusi asr suniy intellekt va insonlarning birlashuvi bilan birga tilga olinadi. Ular bizni va biz ularni ichki hissiyotlar yordamida tushuna oladigan mashinalar yaratishimiz zarur. Mening ismim Mark Sagar va men jamoam bilan hamkorlikda vizual inson obrazini yaratish ustida ishlamoqdamiz. Biz insonlar kabi yuzma-yuz muloqotga kirisha oladigan mashina yaratyapmiz. Ularda o’z xulq-atvorini tartibga solish imkoniyatini beradigan miya, vizual nerv sistemasi, vizual tana mavjud bo’lib, ular o’rganish, jonli muloqot qilish, gapirish va bizda mavjud barcha qobiliyatlarga ega. Biz ustida ishlayotgan loyihaga to’xtaladigan bo’lsam, biz Baby X tadqiqot loyihasi ustida bosh qotiryapmiz. Baby X o’z tajribalari yordamida o’rganish va insonlar kabi muloqotga kirishish qobiliyatiga ega bo’lgan vizual go’dak. Maqsadimiz xuddi inson bolasi kabi saboq olish qobiliyatiga ega mashina yaratish.
Hikoyanavis tilida bu nimani anglatadi? Yozuvchi hikoya qahramonini qanday yaratishi haqida o’ylab ko’rsangiz, yozuvchi unga bir qancha shaxsiy xususiyatlarni jo etib, uni turli vaziyatlar qarshisida tasavvur qiladi. Agar biz miya, xotira, hissiyotlarga ega bo’lgan hikoya qahramonini yarata olsak, ularning virtual olamdagi xarakterlarni yaratish imkoniyatini qo'lga kiritamiz, ular bilan muloqotga kirisha olamiz, ularga yo’l ko’rsata olamiz va bu hikoyaning jonli qahramoniga aylanamiz.
@pslog
Post #1124
335