TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1123 386
​​Ishlarni orqaga surish odatidan voz kechishning 7 ta sodda usuli


Sizda muhim ishlarni ortga surish odati bormi?

Fizika fanida inersiyaning 2 qonuni mavjud, ularning har ikkalasi prokrastinatsiyaga ham tegishli, deyish mumkin. Birinchi qonun, har qanday jismga tashqi kuch ta’sir qilmagunicha u o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi va ikkinchi qonun, harakat miqdorining o’zgarishi jismga ta’sir qiluvchi kuchga proparsional, yo’nalishi esa ta’sir qiladi. Harakatdagi jism tebranishda davom etadi.

Bu qonunlarning qay biri sizga tegishli deb o’ylaysiz? Va qanday qilib “tinch holat yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatdan” “tebranma harakatga” o’tishingiz mumkin?

Prokrastinatsiyadan xalos bo’lish uchun quyidagi taktikalarni ishga solib ko’ring:

1. “Ertaga bajarmoqchi bo’lgan” vazifalaringizni ro’yhatga olishga 5 daqiqa ajrating.

Oq qog’ozga o’zingiz kechiktirayotgan yoki ortga surayotgan muhim ishlarning bir qanchasini yozing.

2. Ro’yhatga razm soling — va ulardan birini hoziroq bajaring.

Bahonalarga yo’naltirayotgan energiyangizni ortga surayotgan ishingizga sarflang. Harakat xavotirdan xalos etadi.

3. Ro’yhat ustida ishlash uchun alohida vaqtni (bugun) belgilang.

Agar siz uchun ishning mushkul qismi uni boshlab olish bo’lsa, vaqtni muayyan “davrlarga” ajratib olib, “keyinga qoldirayotgan” vazifa, loyiha yoki shaxsiy maqsadingizning har biriga kamida 30 daqiqa ajrating.

4. Mukammallikdan voz keching.

Muhimi kutilgan natijalarga erishish emas, eng muhimi bu vazifaga qancha kuch bag’ishlashingiz. Perfektsionizm (har bir ishni to’la-to’kis bajarishga harakat qilish) o’zingizni koyishga olib kelmasin.

5. Agar ortga surayotgan ishingiz boshqa bir insonga ham bog’liq bo’lsa, u bilan gaplashib oling.

Vazifalarni ortga surayotgan sabablaringiz faqatgina sizning tasavvurlaringizdagina bo’lishi mumkin. Muloqot yetishmovchiligi ko’pincha tuproq uyumlarini tog’dek ko’rsatishi mumkin.

6. O’zingizga shu savolni bering, “Agar bu ishni shu bugunoq bajarsam, yuz berishi mumkin bo’lgan eng ko’ngilsiz voqea nima?

Siz ortga surayotgan ishlarga taaluqli natijalardan hayiqib turibsizmi? Yuz berishi mumkin bo’lgan eng ko’ngilsiz voqea, ko’pincha, kichik noqulaylik yoki vaqtinchalik muvaffaqiyatsizlikdan iborat bo’lishi mumkin.

7. Ortga surib kelayotgan ishingizni bajarganingizda o’zingizni qanday his qilishingizni ko’z oldingizda gavdalantiring.

Xavotirdan ozodlik. Ich-etingizni kemirayotgan g’ashliklardan ozodlik. O’zingizga bo’lgan ichki shubha va gumonlardan xalos bo’lish. Keyinga surayotgan vazifalaringizni yakunlash sizga ulkan ichki ishonch va energiya beradi.

@getpsychedup
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →