Miyaning peshona qismini mashq qildirish uchun soddagina jumboq: yuzdagi har bir imo-ishorani o’qiy olasizmi?
Doktor Elkonen Goldberg o’zining “Zakovat paradoksi” nomli kitobida inson miyasining peshona qismi haqida mulohaza yurita turib, “yetakchilik intellekti” “atrofdagilarning fikrlarini o’qish” qobiliyatidan iborat ekanligiga alohida urg’u beradi, “Va u boshqalarning fikrlariga qiziqish bilan boshlanadi.” - deydi.
“Atrofdagilarning fikrlarini o’qish” va ularning hissiyotlarini aniqlashning eng yaxshi usuli bormi, deysizmi?”
Inson chehrasi.
Psixolog Pol Ekman o’n yillardan buyon yuzdagi imo-ishoralar vositasida hissiyotlarni aniqlash borasida tadqiqotlar olib borgan atoqli olimlardan biri. Qisqa qilib aytganda, u barcha uchun umumiy bo’lgan 7 ta emotsiyani aniqladi:
• Hayrat
• Quvonch
• Qayg’u
• Jahl
• Qo’rqinch
• Jirkanish
• Nafrat
@pslog
Post #1112
340