Emotsional aptechka
1.Tabiat qo’yniga chiqish
Tabiat qo’ynida bo’lish tana va ong uchun foydalidir. U muammolarimizdan chalg’ishga va o’zimizni yaxshi his etishga yordam beradi. Agar ob-havo bunga imkon bersa, poyabzalingizni yechib oyoqlaringiz ostidagi maysa yoki qumni his qiling. Sayr qilayotganingizda quyoshning iliq nurlari va shamol iforini tuying. Qushlarning chig’ir-chig’iriga yoki maysalarning shamolda mayin tebranishiga quloq tuting. Gullar va daraxtlarning iforini tuying va atrofingizdagi tabiatni kuzating. Tabiatdan sezgilaringiz yordamida baxra oling.
2. Sayr qilish
Har qanday mashq turi stressni yengishda qo’l keladi. Jismoniy mashqlar miyaning yoqimli hislar uyg’otishga javobgar neyromediatorlardan bo’lgan endorfinlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Sayr qilish bizni tinchlantiradigan va muammolarimizdan chalg’ishga ko’maklashadigan harakatli meditatsiya turidir. U kayfiyatni yaxshilaydi, bo’shashimizga va uyqu sifatini yaxshilashga ko’maklashadi.
3. Meditatsiya
Meditatsiya bilan shug'ullanishning eng sodda usuli diqqatni nafasga: nafas olish va uni chiqarishga qaratish.
Chuqur nafas olishdan boshlang; Burundan chuqur nafas olish (3 soniya), nafasni ushlab turish (2 soniya), og'iz orqali nafasni uzoqroq chiqarish (4 soniya)
Har bir nafasni tartibga solishga urinmasdan, aksincha uni kuzating. Bu burundagi sezgilarga diqqatni oshiradi. Bu va bu kabi meditatsiya usullari boshida natija bermayotgandek tuyilishi mumkin (bu tabiiy hol). Ammo, buni takrorlab yurish o'z samarasini beradi: stress va xavotirni yengish, diqqatni oshirish va o'z-o'zini idora qilishga ko'maklashadi.
@pslog
Post #1109
340